Fikrbank

25 Mayda Narsa — Sizni Xursand Qiladi

25 Mayda Narsa — Sizni Xursand Qiladi

Ba‘zan hay­otda shun­day narsalar borki, biz ularga uncha­lik e‘tibor bermaymiz, lekin ular bizni bir lahzaga bo‘lsa-da xur­sand qiladi.

1. Biror yerga bor­mo­qchi bo‘lib yo‘lni narigi tomoniga o‘tishingiz bilan bir daqiqa o‘tmasdan kutay­ot­gan avto­bus yoki marshrutkan­giz kelsa;

2. Inter­net sahi­fasida beril­gan for­mani bir­inchi urun­ish­dayoq to‘ldirsangiz (to‘ldirish majburiy joy­lar­ini qoldirib ketmasdan);

3. Yomg‘ir hidi;

4. Yangi yuvil­gan choyshab (prostina-pododyalnik)da yotsangiz;

5. Bir­daniga bir narsa xarid qil­mo­qchi bo‘ldingiz. Shu payt cho‘ntagingizda roppa-rosa shu narsaga yetadi­gan pul qol­gan bo‘lsa;

6. Oyoqni ko‘rpa orasi­dan chiqara­siz va bir­daniga oyog‘ingiz “nafas olishni” bosh­laydi va siz yengil tortganingizda;

7. Tuxum po‘stlog‘ini bir urun­ishda osong­ina ajratib olganingizda;

8. Uyqudan so‘ng o‘sha mazza qilib 1-marta cho‘zilish.

9. Kichk­ina bolalar va go‘daklarni kuldirsangiz;

10. Qorin ochqab tur­ganda o‘z uyin­giz­dan shirin ovqat­ning hidi kelib tursa (qo‘shnining uyi­dan emas:-));

11. Havo sovuqroq bo‘lganda issiq ko‘rpada o‘ranib yot­gan bo‘lsangiz;

12. Uyg‘onib ketib soatga qara­ganingizda, tur­ish vaqtin­gizga (yoki budil­nik jir­in­glashiga) yana 2–3 soat borlig­ini bil­gan paytingiz;

13. Kichk­ina past-balandliklardan mashinada o‘tganingizda ichin­giz “shu-uv” qilsa;

14. Dam olish kuni oldidan ish­dan chiqayotganda;

15. Borgin­giz kel­may­ot­gan uchrashuv bir­daniga bekor qilinsa;

16. Kut­ma­gan cho‘ntagingizdan pul topib olganingizda;

17. Siz yoqtir­gan qo‘shiqni radioda “ush­lab” olganingizda.

18. Ko‘chadan charchab kelib, divanga tap etib tashlaganizda;

19. Uyqudan chan­qab tur­ganingizda, yoningizda suv bo‘lsa;

20. Yos­tiqn­ing narigi muzdek tarafi;

21. Uzoq yur­ish­lar­dan so‘ng poy­abzal va paypog‘ingizni yechganingizda;

22. Sadaqa berganingizda yoki ehson qilganingizda;

23. Uydagi marosim­dan keyin muzlat­gichni ochganingizda va yegani hamma narsa borligini

ko‘rganingizda;

24. Imti­honda kut­gan bahoin­gizni olganingizda;

25. Charchab met­roga chiqqaningizda o‘tirgani joy top­gan paytingiz.

  • Aloqador so`zlar
  • 25 mayda narsa
  • uyqu haqida

Leave a Reply