Fikrbank

Zamonaviy yoshlar — FikrBank

Zamonaviy yoshlar

Zamonaviy yoshlar

Chop etildi Muallif: Xurshidbek (Fikrbank) Kun: 7-Yan, 2012 Bo`lim: Munosabat, Tanlanganlar |

  • Email
  • Email

Bir­inchi marta gazonda ya’ni o’tloqda o’tirmoqchi yoki yot­mo­qchi bo’lganingizda o’zingizni sal g’alati sezganmisiz?

Zig­mund Froyd (Sig­mund Freud) avstrya­lik nevrolog olim fanga aktiv bo’lmagan ong (Uncon­scious Mind) tush­in­chasini kir­it­ganda Psixolo­gia faniga katta hissa qo’shgan edi. (Har­qalay ko’pchilik unga shun­day nis­bat beradi.) Hali­gacha zamon­aviy psixologiyan­ing ota­lar­i­dan deb e’tirof eti­ladi. Lekin hozirgi kunda ko’pchiligimiz anashu orqa miyan­ing — “the unconscious“ning qur­boniga aylanyap­miz. Bu esa bizni mus­taqil fikr­lash qobily­a­timizni o’zimiz bil­ma­gan holda” bir yo’nalishga” solib turibdi. Bugun ana shun­day ko’r-ko’rona taqlid­larni bir kichk­i­nasi haqida so’z yuritamiz.

West­min­is­ter va “Sin­ga­purskiy” o’quv yurt­lar­ida mening yaqin­larim­dan ko’plari tah­sil olish­gan, olish­mo­qda. West­min­is­ter yetishtirib beray­ot­gan kadr­larn­ing sifati akademik tomon­dan qara­ganda boshqa oliy o’quv yurt­lari tal­a­balar­i­dan yuqori bo’lishi mumkin. Bu ikki ta’lim maskanidagi ko’pchilik tal­a­balar­in­ing dunyo qarashi tan olish ker­akki, far­qlanib turadi (Bu ularni boshqacharoq qiladi holos, ular fikr­lay­ot­gan narsalar tog’ri yoki noto’g’riligini muhokama qil­ishni ilo­jisi yo’q). U yerda “g’arb“cha yoki “evropeyski” fikr­lay­di­gan­lar ko’p top­i­ladi. Afsuski ko’pchilikning

miyasida shu — “g’arbcha fikr­lash yoki g’arbcha madaniyat ustun” degan tushun­cha o’rnashib qol­gan. Hur­sand bo’ladigan tarafi esa, bu tushun­cha hali hech qay­erda to’g’ri deb topilmagan.

Quyidagi ras­mga Diqqatin­gizni tor­tamiz, sizga ham­masi odd­iy­dek tuyilmoqdami?

Shaxsan chet el ijti­moiy hay­otini oz emas, ko’p emas 4 yil tatib ko’rgan yigit sifatida menga bu rasm sal “g’alatiroq” tuy­il­mo­qda. Agar siz chet elda o’qishga qiz­iq­gan bo’lsangiz, yoki bir-ikki marta British Coun­cils ga bor­gan bo’lsangiz, “uni­ver­sity prospec­tus“da shunga o’xshash rasm­larni ko’rgansiz. G’arb komediyalar­ida yoki roman­tik kino film­lari ta’sirida esa odatda kishi­lar daraxt tagida o’tloqda shirin damlarni hotir­lash­gani hay­olin­gizda gav­dalanadi. Lekin ular nima uchun o’tirishadi??? Javob aniq, o’rindiq ya’ni “skameyka” (universitetlarda) yoki band bo’ladi, yoki umu­man bo’lmaydi. Yig­it­lar yaxshi bil­ishadi, zah o’rinda o’tirish yaxshi emaslig­ini. Bo’sh o’rindiq bo’lgan zahoti ular egal­lanadi… (yaxshisi rasm­larni kuzatamiz):

Lekin chet elda tah­sil olgan­lar fikrimni tas­diqlash­lari mumkin, ko’pgina uni­ver­sitet­larda skameyka bo’lmaydi, shu sabab ular gazonda o’tirishga majbur. Mana marhamat.

“Piknik“lar ham huddi shun­day, odatda sha­har tashqarisidagi “recre­ation park“larga chiqi­ladi, agar kechroq bor­gan bo’lsangiz “besedka” yoki “tapchan“lar band bo’ladi. Majbur, das­turx­onni o’tloqqa yozasiz.

Bizda esa, ko’r-ko’rona taqlid. Zig­mund Froyd ayt­gan biz bohabar bo’lmagan miya qismi o’ziga bar­cha narsalarni yozib olmo­qda va ko’rganlarimizga bil­ma­gan holda taqlid qil­mo­q­damiz. Yon­i­mizda 100 ta bo’sh skameyka turib, gazonda o’tiramiz. Chunki o’zimizni “chet elda” his qil­gimiz keladi.

“Nega shunga shun­cha vohma, what’s the big deal?” deyap­sizmi? Hozir tushintiraman.

Bir­inchi marta gazonga o’tirmoqchi, yot­mo­qchi, umbaloq osh­mo­qchi bo’lganingizda o’zingizni sal g’alati sez­gan­mi­siz? Yon atrofga bir-bir nazar solib qo’yganmisiz, balki kimdir ustimiz­dan kul­mayap­ti­mikan deb? Aytaver­ing, ham­man­ing boshi­dan o’tadi bunaqa vaziy­at­lar. Agar sizda shun­day bo’lsa, bu holat Soci­ol­ogy fanida “Cul­tur­ally not accept­able” deb ata­l­adi. Ya’ni tub o’zbekchilik madaniy­atiga to’g’ri kel­may­di­gan xolat. Siz borib “forum­lar saroyi” oldida gazonda o’tirmaysiz, u yerda hamma skameykada o’tiradi. Bobur parki­dayam, Mirzo Ulug’bek parki­dayam shunaqa.

Tah­mi­nan 10 ta Westminister/Singapurski tal­a­balari bilan yuzma-yuz suh­batda ularn­ing aksariy­ati­dan “This is Free­dom, men mus­taqil fikrimga ega­man, ista­gan­imni qil­a­man” qabil­idagi javoblarni oldim. Sizga bir­gina gap, Rus­sou xato ayt­gan edi, erkin­lik (free­dom) bu ista­ganini qil­ish emas, balki tog’ri ishni qo’rqmasdan qilishdir.

Bularni yozishim­dan maqsad kimni­dir pastga urib, kimni­dir usti­dan kul­ish emas. Balki, sizu-bizga zamon­aviy o’zbek yosh­lari bay­ro­q­dorligi beril­gan ekan, bay­ro­qni haqiqiy mus­taqil fikrga ega bo’lgan o’zbek bo’lib ko’tarib yuray­lik. Har bir haraka­timizni yaxshi sabab tufayli amalga oshi­ray­lik. Amal­larim­izni so’roq qilay­lik. G’arbga taqlid bizni ularga yaqin­lashtirib kuchaytir­maydi, bizni kuch­si­zlan­ti­radi. Biz ular­dan yaxshi tomon­lar­ini o’rganmoqg’imiz lozim, tib­biyot, tex­nalo­gia, v.h.k. Ammo ko’rib tur­ga­n­i­mizdek, olay­ot­gan­larim­izn­ing ichida sal­biy­lari ham yo’q emas — ze’ro, devor ush­lab “poza“ga turib ras­mga tushish­larni ham ota-onalarimizdan emas, ayni shu g’arbdan kel­gan behayo musiqiy kli­plar­dan o’rgandik va bun­day mis­ol­lar talay­gina. Xulosa o’rnida shuni aytamizki Xo’rozqand chet-elniki desa yotib olib yalay­di­gan zamon emas, balki avval uni tark­ib­ini o’rganib, foyda va zararini sar hisob qilib keyin iste­molga oladi­gan payt keldi.