Endi Siz ham Muallifisiz!

Chop etildi Muallif: Xurshidbek (Fikrbank) Kun: 3-Iyul, 2012 Bo`lim: Munosabat, Tanlanganlar |
Ko‘pchiligimizda avvaldan dilimizga tugib yurgan gaplarimiz bor. Ba‘zan esa nimadir yaratmoqchi bo‘lamiz. Fikrbank ham ayni shu maqsadda vujudga keldi va endi sizga ko‘maklashish umidida. Agar sizda maqola yozish istagi bo‘lsa, bemalol, marhamat!
Ayni paytda deyarli hamma internetdan foydalanadi. Lekin o‘zbek tilidagi mazmunli sahifalar barmoq bilan sanarli. Siz esa odatda ko‘pgina rus va ingliz tilidagi sahifalarda bo‘lasiz, siz tilni bilasiz. O‘sha yerdagi qiziqarli matn va maqolalrni o‘zbek zabon foydalanuvchilarga yetkazsangiz, ular juda tez tarqaladi.
Shularni maqsad qilib, yangi “Chop-ett!” funksiasini saytimizga joyladik. Bizga yuborgan maqolangizni biz tahrirlab, chiroyli rasmlarni qo‘yib, muxlislarga taqdim etamiz. Albatta maqola so‘ngida sizning nomingiz, sahifangiz keltiriladi, istasangiz kichkina 100x100 rasmingiz ham kiritiladi.
Agar sizda maqola alla qachon tayyor bo‘lgan bo‘lsa marxamat, quyidagi tugmani bosing va ishga kirishing!
***
