Miyadagi “Muzlatgich”

Chop etildi Muallif: Xurshidbek (Fikrbank) Kun: 29-Iyun, 2012 Bo`lim: Munosabat, Tanlanganlar |
Boshlang‘ich maktabda o‘qib yurgan kezlarim bir sinfdoshim bo‘lardi. Diktant yoki yozma ish paytida nuqul qo‘li bilan daftarini berkitib olib ko‘chirtirishga bermas edi. Lekin baribir eplagan odam yo‘lini qilib u bilan bir xil baho olar edi.
Hozir ko‘cha yoki ish joyida ham huddi shunday. Kishilarning hayoliga bir fikr kelsa, ular darrov uni berkitishga kirshadilar, huddi bir xum tilla topib olgan odamdek. Ertasiga uni amalga oshiradilaru, dunyodagi eng badavlat insonga aylanadilar. Yoki unga “mualliflik huquqini” olib, xo’jayinga yaxshi ko’rinishga urinadilar. Ungacha esa fikr va g‘oyalar miyalarining “muzlatgichida” yotaveradi.
“Muzlatgich” bilan mavjud bir muammo bor. Odatda unda fikr va g‘oyalar to‘planaveradi va bir kun kelib undagi narsalar baribir eskiradi. Oqibatda esa na ularni iste‘mol qila olasiz va na boshqalar bilan baham ko‘ra olasiz.
Siz undaylardan bo‘lmang, fikrlaringiz tugab qolishidan qo‘rqmang. Agar o‘zingizda borini boshqalar bilan baham ko‘rsangiz, sizda hech narsa qolmaydi va yangi yo‘llarni izlashga kirishasiz. Lekin bu bilan hammasi tamom bo‘lmaydi. Siz yangi g‘oya yoki fikrlaringizni boshqalar bilan baham ko‘rishingiz bilan, ular dan boshqacha g‘oya, fikr, qarashlarni qabul qilib olasiz. Yaqinlaringiz orasida esa e‘tiborli kishiga aylanasiz va ular bu yaxshiligingizni albatta qaytaradilar. Yangi fikr va g‘oyalar o‘z-o‘zidan kelaveradi, kelaveradi.
Quyida yangi fikr va g‘oyalar olsa bo‘ladigan 3 ta sahifani keltiraman.
- www.ted.com — ajoyib va qiziqarli ruhlantiruvchi ma‘ruzalar, deyarli barcha mavzuda. Doimo ko’rib boraman yangi soni chiqishi bilan. <span class=“texthighlight red-vibrant””>[Ingliz tilida va O‘zbek tilida.] O‘zbek tilidagi TED videolarini mana bu yerdan ko‘rishingiz mumkin. Rus va boshqa tilidagilar esa bu yerda.
- www.kickstarter.com — yangi biznes loyihalar, biznes g‘oyalar va fikrlar. Bu yerda odamlar o‘z g‘oyalariga pul to‘plashlari ham mumkin, lekin hozircha bu faqat Amerika fuqarolarigagina mumkin xolos.
- www.khanacademy.org — turli hil fanlarga oid onlayn darslar to‘plami.
O‘ylaymanki yuqoridagilar qo‘l keladi va sizga yordam beradi.