Barchasining Tomiri
Barchasining Tomiri
Muallifi aniq bo‘lmagan bir mashhur gap bor — “Xozirgi avlodni tanqid qilayotganlar, o‘sha avlodga aslida kim tarbiya berib o‘stirganini unutadilar”. Kecha, kechki payt Evro-2012 chorak final o‘yini — Italiya va Anglya jamoalari oldidan Yoshlar Telekanalida “Bobbi” (Bobby) nomli Hind badiiy filmi namoyish etildi.
Raj Kapur tomonidan oldingan bu kinoni “klassika” deb og‘iz ko‘pirtirganlarni ko‘p ko‘rganman, shu sabab men ham ko‘rdim. Aniqrog‘i, ko‘rishga harakat qildim. Ayniqsa, ota-onamiz tengilarning bu haqida ko‘p bilishlari ham hech kimga sir emas. Agar bu kino haqida bilmasangiz, ota yoki onangizdan, amaki-xolalardan so’rab ko’ring.
Biz bilgan ma‘lumotlarga qaraganda, o‘z o‘glining ismini ham kino bosh qaxramoniga atab “Raj” qo‘yganlar ham bor. Qisqasi o‘z davrini “xit” kinosi bo‘lgan.
Bu maqolada hozirgi o‘zbek, hind va xorij kinolarining har birini tahlil qilish niyatimiz yo‘q. To‘g‘ri, saviyasi past kinolar ham ko‘p uchrab turibdi. Lekin bir narsani aytmasak bo‘lmaydi. Bugungi tahliliy maqolamiz o‘sha saviyasi past kinolarning ildizi haqida.
Hohlaymizmi yoki yo‘q, ko‘pchilik kattalarimiz o‘sha kinolardan ruhlanishgan, ta‘sirlanishgan va bu eski hind filmlari eski sovet respublikalarida ancha “muvaffaqiyat” qozongan. Odamlar bu kinolar seansiga qayta-qayta tushganlar.
Endi o‘sha “buyuk” kinoni bir-ikki og‘iz gap bilan tasvirlab bersam. Bola juda boy, qiz oddiy kambag‘al baliqchining qizi. Yigitning otasi rozi bo‘lmaydi, o‘g‘il esa otaning gapini pisand qilmay qiz bilan birga qochib ketadi. Kino so‘ngida ota noto‘g‘ri ish qilganini tushunib yetadi. Qochgan yigit va qizni topib, ularni baxtli qilishadi…
Sizga ba‘zi kinolarni eslatib yubormadimi? Masalan “Kelgindi kelin”, “Telba” va bunday kinolar millionta xozirgi o‘zbek kinolari orasida. Ularning rejissorlari? Menimcha tushunib yetdingiz, ko‘pchiligi o‘sha biz yuqorida aytgan “Bobbi“ni ko’rib katta bo‘lganlar.
Shu o‘rinda aytish lozim bo‘lgan gaplar bor. Bobbining kiyimini ta‘riflab bo‘lmaydi. (Bobbi filmdagi qiz — bosh qaxramon.) Ko‘kragini yarmi ochiq, belidan bir qarich ham tushmagan yubkami, shortikmi, nimaligini bilmadim ochig‘i, tinmay jilpillab yotibdi. Bizning davr ba‘zi hind kinolaridagi qizlar uning oldida ancha hayoli bo‘lib ko‘rinib qoldi. Yotoqda, divanda quchoqlashib o‘pishib ashula aytishi o‘sha payt G‘arb filmlarida ham kamdan kam kuzatiladigan holat bo‘lganligi aniq.
Shu filmlar omma orasida ancha mashhur bo‘lib tinmay TV kanallarda qo‘yilganmi o‘sha paytda? Shulardan ruxlanib insonlar o‘z farzandiga shu ismlarni qo‘yganmi?
Men shuni aniq bilamanki, ayni shu filmlar o‘zbek oilasini, undagi tarbiyani tomiridan yemirishda katta xizmat qilgan. Milliylik oyog‘iga bolta urgan. Menimcha shunday filmlarni ko‘rib, keyin farzandi tarbiyasidan noliydiganlar aslida farzandlariga tarbiyani kim berganini eslaridan chiqarishadi. Fikrlaringizni kommentlar qismida qoldiring, iltimos.
- Xurshid
Boshqalar ham bilishi kerak!
- Aloqador so`zlar
- hind kinosi
- kino
- tarbiyasizlik