Fikrbank

Saviya: Kulaylikmi yoki…

Mashinada ketayotib, radio tinglab ketishga to’g\'ri keldi. Qaysidir kanaldan “intellektual o’yin” bo’layotgan ekan..Boshlovchi:..- Hurmatli tinglovchilar, intellektual o’yinimizda berilgan savollarga javob bergan tinglovchi yaqinlariga salom va ta...

Saviya: Kulaylikmi yoki…

Mashinada ketay­otib, radio tinglab ketishga to’g’ri keldi. Qay­sidir kanal­dan “intellek­tual o’yin” bo’layotgan ekan.
Boshlovchi:

- Hur­matli tin­glovchi­lar, intellek­tual o’yinimizda beril­gan savol­larga javob bergan tin­glovchi yaqin­lar­iga salom va tabrik­lar­ini yo’llash imkoniga ega bo’ladi. Shoshiling. Tele­fon raqam­larimiz 8181.
Tezda qo’ng’iroq bo’ldi. Tan­ishu­vdan so’ng boshlovchi savolini berdi:

- Norvegiyan­ing poy­taxti qayer?
– Vari­ant­lar bormi?
– Vari­ant­lar yo’q. Yor­dam: 4 harf­dan ibo­rat.
– Eron.
– Axir Eron alo­hida respublika-ku, keyingi ishtirok­chin­ing qo’ng’irog’ini qabul qil­amiz.
2-ishtirokchiga ham shu savol berildi. Uning javobi:
– Shot­landiya
Xunob bo’lgan boshlovchi 3-ishtirokchini ulab, unga ham savol­ning javobi 4 harf­dan ibo­ratlig­ini tushuntirdi. Kollej o’quvchisi bo’lgan ishtirok­chin­ing javobi ham­masi­dan o’tib tushdi:
– Rim

* * *

Mahal­liy telekanal­lar­dan birida intellek­tual o’yin bo’lyapti. Boshlovchi “Humoyun­noma” asarin­ing mual­lifi kim? deb savol berdi. To’g’ri javoblar bo’lavermadi. Shunda boshlovchi “yordam”larni bera boshladi:

- Humoyun buyuk vatan­doshimiz, g’azal mulkin­ing sul­toni, bir qan­cha g’azal, hikoy­alar mual­lifi Bobur­mir­zon­ing o’g’li bo’ladi.
Afti­dan, g’azal mulkini­ung sul­toni Bobur emas, Alisher Navoiy ekan­lig­ini, o’zbek adabiy­otiga hikoya janri, 20-asrning bosh­lar­idag­ina kirib kel­ganini anglam­a­gan boshlovchi “Humoyun­noma” mual­lifi Gul­badan­be­gim haqida ham ma’lumotga ega emas ekan. Shun­ing uchun ham bog’dan-tog’dan kelay­ot­gan ekan…

Boshqalar ham bil­ishi kerak!