Bir Litr Qaymoq — FikrBank
Bir Litr Qaymoq
Chop etildi Muallif: Xurshidbek (Fikrbank) Kun: 24-May, 2012 Bo`lim: Munosabat |
Ishdan kech bo‘shadim. Soat kechki 10 lar atrofida edi. Uyga metroda qaytishga qaror qildim va Hamza bekati tomon otlandim. Metroga tushaverishda bir munkillagan kampir chiqib keldi va menga qarab “Bolam, uzoqqa ketishim kerak, bir bonka qaymoqdan ol, yukim yegillar edi” — deb qoldi.
- Nech pul?
– Kun tugadi, baribir borgincha yomon bo‘p qoladi, 6,000 so‘m bera qol.
– Uzr, 1 litr ko‘plik qiladi.
– Ishlatasizlar, pishiriq, u-bu narsaga.
Shunday deb banka ustini ochdi va tortinmasdan yalab ko’rishimni aytdi. Juda mazzali qaymoq ekan, yeb ko‘rdim.
- Xo‘p, mana 6,000 so‘m, faqat duo qiling, yukiz yengillashi uchun.
– Albatta duo qilaman bolam, umringdan baraka top.
Qaymoqni olib, metroga tushib ketdim va uyga borib oz-moz ish qildim. Yarim kechada choynakka suv quyib, tagiga olov yoqdim. Bir shirin choy bilan qaymoq yeyman deb ko‘ngildan o‘tkazdim. Bankani ochib piyolaga quyishimni bilaman, qaymoq tagidan qatiq oqib tushdi piyolaga. Ta‘mini ko‘rsam, rostdan qatiq.
Shu yoshga kirib, nargi dunyoni g‘amini yeyish o‘rniga, insonlarni laqillatishni kasb qilgan bu munkillagan shum kampirga rahmim keldi. Bir ikki aka-ukalar bilan bu voqeani baham ko‘rgan edim, ular ham kampirni darrov tanishdi.
Bozorlarda birovni haqqidan qo‘rqmay tarozidan uradiganlar, pulni “urib” qoladigan “valyutchik” akalar va nihoyat qatiqni qaymon deb sotadigan yoshu-qarilar, bu bilan biringiz ikki bo‘lmaydi. Javobi bor.