Inqirozning Boshlanishi
Xotin-chalish yigitlar bo`ladi. (Agar bo`lsa) Yuzidagi soqolidan boshqa bir erkaklik alomatini ko\'rmaysiz. Odatda ularning kiyinishlari ham ayollarga tortib ketadi, soch turmaklari ham. Ha aytgancha, hozirda shahar ko`chalari bo`ylab yigitlarda tor s...
Bir Shapaloq Yegan Yigit
Xotin-chalish yigitlar bo‘ladi. (Agar bo‘lsa) Yuzidagi soqolidan boshqa bir erkaklik alomatini ko’rmaysiz. Odatda ularning kiyinishlari ham ayollarga tortib ketadi, soch turmaklari ham. Ha aytgancha, hozirda shahar ko‘chalari bo‘ylab yigitlarda tor shim kiyish epidemiyasi boshlangan. Qizig‘i, ularni ko‘rganda oyoqlari orasiga tepish hohishi faqat menda emas, boshqa tanishlarimda ham tez-tez uchrab turar ekan. Ular “puppet“lar. (Tarjimani maqola so’ngida keltiraman)
Mayli, erkaklar kiyinish madaniyati haqida alohida maqolada to‘htalamiz. Hozir esa, maqola boshidagi mavzuga qaytamiz. Bundan uch-to‘rt yil avval internetdan bir qo‘shiq ko‘chirib oldim. Ohangi juda yaxshi edi, yoki uzoq vaqt O‘zbekistonda bo‘lmaganligim sababmi qulog‘imga yoqdi. Keyin shu qo‘shiqni YouTube dan qidirib topdim va klipini ko‘rib yoqa ushladim. Klipda Kaniza qo‘shiq ijrochisi Otabek Mutalxo‘jaevni bir shapaloq urdi, bola yerga qarab qolaverdi. Sal vaqt o‘tgach tizzasini quchoqlab ashula aytishda davom etdi. Qo‘shiq nomi “Hazon” edi.
Menimcha, shu qo‘shiqdan keyin Otabek Mutalxo‘jayevni dugonalari ortib, choyxonadagi do‘stlari, mahalladagi o‘rtoqlari uni “oq” qilishdi, do‘stlar safidan chiqarishdi. Yana do‘st-birodarlari yoniga qaytishga umid bog’lab, “yigit” yangi klip oldi. Buni ko‘pchilik anglamagandir, yoki e‘tiborsiz qoldirgandur. Lekin bu klip bu butun o‘zbek xalqi uchun tarixiy bir nuqtaga aylandi.
Balki men ko‘p o‘zbek kliplaridan bohabar emasdurman, lekin men bilgan kliplar ichida birinchi bo‘lib o‘zbek yigiti — Otabek Mutalxo‘jayev millionlab tomoshabinlar qarshisida dush qabul qildi. (O‘zi faqat tarixiy kliplar oladi Otabek, birinchi bo‘lib kliplarda qizlardan shapaloq yegan ham shu bola). Oradan ikki daqiqa o‘tar o‘tmas, bir o‘zbek qizni hovuzga (basseynga) sudrab keldi va birga suvda achom-achom qilib kuylashda davom etdi… Klip mazmuniga to‘xtalishga ham arzimaydi, baribir o‘g‘irlik, jinoyatni targ‘ib qiladigan klip bo‘pti.
Ba‘zi o‘ylantiradigan savollar bor. Bu qo‘shiqchilar qanday qilib litsenziyaga ega bo‘lyapti? Ularning bunday kliplari qanday qilib ekran yuzini ko‘rmoqda? Axir butun ommaviy axborot vositalari diqqatlarini milliy qadriyat va ma‘naviyatimizni tiklashga qaratgan bir paytda, qanday qilib bunday kliplar e‘tibordan chetda qolmoqda? Jumboq. O‘z fikrringizni kommentlarda qoldirsangiz, biz xursand.