Fikrbank

Koreyaga Kelin Bo`lganlar

Qo`qondagi sobiq "Ozodlik" ingliz tili kutubxonasiga darsdan bo`sh vaqlarim borib turardim. O`shanda 1998-99 yillar edi. Shu tashkilotning boshqa bir viloyatdagi bo`limida ishlaydigan bir aka bo`lar edi. Shu kishi bilan ko`rishib qoldim. Ancha vaqtda...

Koreyaga Kelin Bo‘lganlar

Qo‘qondagi sobiq “Ozod­lik” ingliz tili kutubx­onasiga dars­dan bo‘sh vaqlarim borib turardim. O‘shanda 1998–99 yil­lar edi. Shu tashk­ilo­t­ning boshqa bir viloy­atdagi bo‘limida ish­lay­di­gan bir aka bo‘lar edi. Shu kishi bilan ko‘rishib qoldim. Ancha vaqt­dan beri ko‘rishmaganimizga, yangi­lik­lar­dan gap ochildi.

O‘tgan vaqt mobaynida opasini tur­mushga uza­tish­ganini, o‘zi uylan­ganini aytib berdi. Opasi bilan faqat o‘zi gaplashib turar ekan. Ota-onalari oq qil­ishibdi. Ma‘lum bo‘lishicha, opasi Koreya­lik bir kishiga tur­mushga chiqibdi. Xris­t­ian bo‘libdi.

Ko‘zim oldiga yarq etib Olmos degan qiz keldi. Qo‘qonda C.A.F.Eda ish­lab yur­gan paytida o‘zi ham Xris­tian­likni qabul qil­gan, biroz vaqt­dan so‘ng 40 dan o‘tgan onasi ham xris­t­ian bo‘lgan edi. Key­in­roq bir koreysga tur­mushga chiqib ket­gan edi.

Bun­day kishi­larni siz ham bila­siz va shu o‘rinda bir ibratli hikoya esga keldi. Qisqa, lekin o‘ylashimcha o‘ylashga arzigulik.

Bir musul­mon qiz xris­t­ian bir bolaga ko‘ngil qo‘yibdi. Yig­itga ham qizni qat­tiq sevar ekan. Ular uchrashib yur­ishibdi va bir-birlarisiz tura olmay­di­gan bo‘lishibdi. Oradan bir mud­dat o‘tibdi, qiz hasta­lanib qolibdi. Shi­foko­r­lar uning umri ozlig­ini va shi­fox­on­ada ush­lash­dan foyda yo‘qligini aytishibdi. Qizn­ing jon chiqadi­gan vaqti yonidagi yaqin dug­o­nalar­i­dan biri “Sha­ho­dat kali­masini ayt, La ilaha illa Olloh” ni ayt debdi. Shunda qiz “Man keyingi dun­y­oda ham sev­ganim bilan birga bo‘lmoqchiman, xris­t­ian bo‘lsam birga bo‘laman” debdi va xris­tian­likni qabul qilibdi. Din­dan chiqib, mur­tad bo‘libdi. Oradan yana vaqt o‘tibdi. Yigit qiz yashay­di­gan mahal­laga kelibdi va falon va falon yerda yashovchi qiz qani debdi. Qizn­ing dug­o­nasi qizn­ing xris­t­ian bo‘lganini ayt­mas­dan, uning vafot etganini aytibdi. Yigit esa chuqur g‘am chek­ibdi va qizn­ing dug­o­nasiga musul­mon bo‘lganini bildirib, dun­y­oda Ollo­hdan boshqa xudo yo‘qligini va Muham­mad a.s uning payg‘ambari ekan­lik­ligi aytibdi.

Hikoya nihoy­asi? Yigit qizni yo‘qotibdi, jan­natni top­idi. Qiz esa ham yig­itni va ham jan­natni yo‘qotibdi.

To‘kinroq hay­otni deb vatanidan, dinidan, ota-onasidan va yaqin­lar­i­dan voz kechib qo‘yganlar hulosani o‘zlari chiqrishsin.

Boshqalar ham bil­ishi kerak!

  • Aloqador so`zlar
  • C.A.F.E
  • Central Asia Free Exchange
  • koreyada turmushga chiqganlar
  • missionerlar

Leave a Reply