Ertaga Nonushta Bormi?
Dunyoni keng deymizku, lekin unga umumiy nazar soladigan bo`lsak ajoyib faktlarni guvohi bo`lishimiz mumkin. Keling, butun dunyoni bir qishloq va undagi barcha aholini 100 kishi deb olsak qanday holatni guvohi bo`lar edik, kuzatamiz..57 ta osiyolik,...
Ertaga Nonushta Bormi?
Dunyoni keng deymizku, lekin unga umumiy nazar soladigan bo‘lsak ajoyib faktlarni guvohi bo‘lishimiz mumkin. Keling, butun dunyoni bir qishloq va undagi barcha aholini 100 kishi deb olsak qanday holatni guvohi bo‘lar edik, kuzatamiz.
57 ta osiyolik, 21 ta evropalik, 14 ta janubiy va shimoliy amerialik va atiga 8 ta afrikalik hamqishloqlarimiz bo‘lar edi.
Ulardan 52 kishini ayollar va 48 kishini erkaklar tashkil etardi. Qishloq aholisining 24 tasi Islom diniga va qolgan 76 kishi boshqa dinlarga amal qilar edi. Guruch kurmaksiz bo‘lmaydi, Shu 100 kishining 11 tasini besoqolboz va o‘z jinsdoshiga moyillar tashkil etkan bo‘lar edi.
6 kishi bularning ichida eng badavlati hisoblanar edi va ular butun qishloqning 59% boyligiga egalik qilishar edi. Qizig’i ularning barchasi Amerika Qo’shma Shtatlaridan kelgan kishilar. 80 kishi esa kulba va vayronalarda yashar edi.
O‘qishni bilmaydiganlar 70 ta, yetarli ozuqaga ega bo‘lmaganlar 50 nafarni tashkil etardi. 1 kishi o‘lim to‘shagida va 1 kishi homilador bo‘lar edi.
Butun qishloq aholisidan faqat va faqat 1 kishi oliy ta‘limni tugatar edi va qishloqda faqat 1 kishidagina shaxsiy kompyuter bo‘lar edi…
… Masalani shunday miqiyosda ko‘rmasak ko‘p narsani qadriga yetmayotganimizni anglamaymiz, borimizga shukur qilmaymiz. Shuning uchun, agar sizda muzlatgichda yeyishga nimadir topilsa, kiyimingiz bo‘lsa, boshingizda boshpana bo‘lsa bilingki, siz dunyodagi 75% insonlardan badavlatroqsiz.
Agar siz bugun hech qayeringiz turli kasalliklardan og‘rimasdan uyqudan uyg‘ongan bo‘lsangiz, siz bu hafta kassaligi tufayli o‘lim yuzini ko‘radigan 1 million kishidan sog‘lomroqsiz.
Agar yig‘ib qo‘ygan pulingiz bo‘lsa va kunlik harajatga cho‘ntagingiz pul bilan to‘lgan bo‘lsa, siz dunyodagi eng boy 8% aholi safiga kirasiz.
Agar siz vataningizda urush nimaligini bilmagan bo‘lsangiz, qamoqlarda qiynoqlarni ko‘rmagan bo‘lsangiz, haftalab ochlik azobini sezmagan bo‘lsangiz demak sizning ahvolingiz dunyodagi 500 million kishidan yaxshiroq.
Agar siz ushbu maqolani o‘qiyotgan bo‘lsangiz, siz demak 2 milliard (!) umuman harf tanimaydigan va hisob-kitobdan savodi yo‘q kishilardan emassiz.
- Xurshid
Boshqalar ham bilishi kerak!
- Aloqador so`zlar
- amerika
- kasallik
- osiyo
- shukrona
- statistika