Fikrbank

Talabaning Million Dollarlik Sahifasi

Million dollarlik web sayt bilan tanishganimga mana salkam 5 yil bo`libdi. Anglyaning Uiltshaye (Wiltshire) shaharchasida yashovchi talaba Aleks Tyu 2005 yili o`qishiga pul to`lashga qiynalib qoladi. Miyasiga kelgan fikrdan o`zi ham zavqlanib ketadi....

Ishning natijasi odatda uning nihoyasida bilinadi.

Talabaning Million Dollarlik Sahifasi

Mil­lion dol­lar­lik web sayt bilan tan­ish­gan­imga mana salkam 5 yil bo‘libdi. Anglyan­ing Uilt­shaye (Wilt­shire) sha­har­chasida yashovchi tal­aba Aleks Tyu 2005 yili o‘qishiga pul to‘lashga qiy­nalib qoladi. Miyasiga kel­gan fikr­dan o‘zi ham zavqlanib ketadi. U 1000x1000 o‘lchamli web sayt yaratishga va uning har bir pik­selini reklama uchun $1 dan pul­lashga harakat qiladi. Ya‘ni agar bar­cha pik­sel­lar sotib tugati­ladi­gan bo‘lsa, uning cho‘ntagi naqd $1,000,000.00 bilan boyir edi.

2005-yilning 26-Avgust kuni ishga tushir­il­gan sayt tez orada Inter­net fenom­e­nasiga aylandi. Pik­sel­lar 10x10 o‘lchamda soti­ladi­gan bo‘ldi. Sahifa bir oy ichida $250,000 to‘plashga erishdi va keyingi 4–5 oyda bar­cha pik­sel­lar bata­mom sotib tugatildi.

Maqolani yozish­dan maqsad, sizni yanada ildam­roq bo‘lishga chaqirishdir. Qachon­gacha bizga kel­gan fikr­larni miyamizda saqlab kelamiz? Qachon­gacha bizga bir fikr keladiku uning ijrosiga kel­ganda turli bahonalar qil­amiz, orqaga tashlaymiz?

Idea bormi, amalga oshir­ing. Uning muvaf­faqiy­atli yoki muvaf­faqiy­at­siz chiqishi ikkinchi dara­jali masala. Muhimi bu tajriba orttirishdir.

Boshqalar ham bil­ishi kerak!