Fikrbank

Esda Qolarli 3 Dona Gap

Ba`zi kishilarning aytgan gaplari odatda tarix zarvaraqlarida qoladi va ularni o`qib kishi o`yga toladi. Quyida ana shunday gaplardan uchtasini keltiraman va ularga qisqacha sharh beraman..***...1. Uchinchi Jahon Urushi qanday bo`lishini bilmayman-ku...

Esda Qolarli 3 Dona Gap

Ba‘zi kishi­larn­ing ayt­gan gaplari odatda tarix zarvaraqlar­ida qoladi va ularni o‘qib kishi o‘yga toladi. Quyida ana shun­day gaplar­dan uch­tasini kelti­ra­man va ularga qisqacha sharh beraman.

***

1. Uch­inchi Jahon Urushi qan­day bo‘lishini bilmayman-ku, ammo To‘rtinchi Jahon urushida jang yog’och kaltak va tosh­lar orqali bo‘ladi. - Albert Ein­shteyn

Dun­y­oni qan­day nihoya top­ishi, uning avvali va oxiri qay ko‘rinishda bo‘lishi yolg’iz Yarat­ganga ayon­lig­ini esdan chiqar­ma­gan holda bo‘layotgan voqealar­dan hulosa chiqar­a­di­gan bo’lsak, darhaqiqat, dun­y­oda qurol-yaroq bozoridagi harakat­lar jadal­lashib bor­mo­qda. Inson qadri haqida ham­maga jar soladi­gan mam­lakat­lar asl­ida eng qonxo‘r mam­lakar­lar ekan­ligi bar­chaga ayon bo‘lmoqda. Ommaviy Qirg‘in Qurol­lari (OQQ) ham ayni shu davlat­lar boshiga to‘gri kelar ekan. Ein­shteyn ayt­mo­qchi bo‘lgan narsa ham shu, ya‘ni Uch­inchi Jahon Urushida albatta OQQ ish­lar­il­ishi nati­jasida orqaga siljish bo‘ladi va inson­lar bar­chasini yana yan­git­tan barpo etadilar.

2. Musiqa kishi­larn­ing qulo­qlari uchundir, ularn­ing ko‘zlari uchun emas. - Adele

Buni hozirda o‘zini san‘atkor, qo‘shiqchi deb atay­ot­gan Shah­zoda va Ray­hon­lar, Zamzama-yu Munisalar va boshqa Shou-biznes qo‘g‘irchoqlari, hamma-hammalari eshitib olishsin. So‘ngi payt­larda diqqat asosan musiqa va uning mat­niga emas, balki unga oli­nay­ot­gan kli­plardagi qizlarga qarati­lay­ot­gan­dek tuy­i­ladi. O‘zbek kli­plar­ida yarim-yalong‘och diskotekada qilpil­lay­ot­gan qizlar va “sevgilisi“ning orqasi­dan heza­lakdek yig‘lab yur­gan yig­it­lar ko‘payib ketdi. Achi­narlisi, bu kli­plarn­ing qan­day qilib ekran yuzini ko‘rayotganligidir.

3. Sizda bitta olma bor, menda bitta olma bor. Agar sizga men olmamni bersam, siz esa menga o‘zingizning olman­gizni bersan­giz, biza baribir bit­tadan olma bo‘ladi. Lekin menda bitta fikr bo‘lsa, sizda yana bitta fikr bo‘lsa va biz ularni ayri bosh qil­sak, bizda ikki­tadan fikr bo‘ladi. - Jorj Bernard Shou

Asl­ida odd­iy­dek tuy­il­gan yuqoridagi gap o‘zida bugungi kunda juda ham noyob bo‘lib boray­ot­gan masalani qam­rab oladi. Fikr almashish­lik kamayib ketdi va yangi nazariyalar bizlarni fikr­larim­izni boshqaga ayt­maslikka, ular bizni fikr­larim­izni o‘g‘irlashlari mumkin­lig­ini ro‘kach qilib ishon­tirishdi. Asl­ida esa unday emas. Siz o‘zingiz ishon­gan do‘stingiz, yaqiningizga bemalol fikringizni aytishin­giz mumkin.

So‘ngi so‘z o‘rnida: Ba‘zi gaplar kishi­lar hay­otida buril­ish yasashi mumkin. Balki shu kabi gaplarni Odnok­lass­niki yoki Face­book sta­tus­lar­iga qo‘yish maqulroqdir.

Boshqalar ham bil­ishi kerak!