Bahor Kechroq Kelsa Edi…
ADA ning takidlashicha quyosh sizni teringizni rangi, sezuvchanligi va boshqa faktorlar bilan qiziqmaydi. Siz bilan "iye uzr, sizni teringiz boshqacha ekan, uzr oyim-qiz" deb hisoblashib o`tirmay, teringizga to`g`ridan to`g`ri ta`sir qiladi...Bahor...
Bahor Kechroq Kelsa Edi…
ADA ning takidlashicha quyosh sizni teringizni rangi, sezuvchanligi va boshqa faktorlar bilan qiziqmaydi. Siz bilan “iye uzr, sizni teringiz boshqacha ekan, uzr oyim-qiz” deb hisoblashib o‘tirmay, teringizga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta‘sir qiladi.
Bahor kechroq kelsa edi… Meni koyishga shoshilmang. Ko‘pchiligimiz qishning sovuq kunlaridan zerikkanmiz, bilaman. Qish sovuq keldi. Ba‘zan uyimizda elektr yoki issiqlik yetishmasligidan oila a‘zolarimiz yilning shu faslini kasal bo‘lib o‘tkazishgani ham rost. Buni ham bilaman. Yo‘llar doim sirpanchiq bo‘lib, zo‘rg‘a yurganimiz ham bor, bilaman.
Lekin bugun, “mana ertaga bahor” deb turgan paytda, ishga metroda kelishga qaror qildim. Hali bahor kirib ulgurmasidan o’zbek qizlarining yubkalari tizzadan tepaga ko‘tarilishni boshlabdi. Bugun havo +14 C. Kim bilsin, yana 1–2 ikki haftalarda yelkalar ham ochilsa kerak. “Nega bunday yurasizlar?” — deb so‘rasangiz, zamon bilan hamnafas bo‘lish kerakligini aytishadi. Lekin shu zamon bilan birga yuradiganlar quyidagi faktlarni bilisharmikin? Aslida, o‘shalar sal zamon bilan hamnafas bo‘lib kitob varaqlashganda bu masalaga dermatologlar fikrini bilishar edi.
Keling sodda qilib tushuntiray. Balki siz ham bularni o‘qishni kimgadir tavsiya qilarsiz.
Dermatologlar yilning qay fasli bo‘lishidan qat‘iy nazar, quyosh nurlari tanaga to‘g‘ridan to‘g‘ri tushganda unga zarar yetkazishini takidlashadi. Terining silliq va mustahkam bo‘lishi uchun undagi kollagen (collagen) proteini muhim ro‘l o‘ynaydi. Quyosh nurlari tanangizdagi hujayralarda joylashgan ana shu kollagenni parchalab tashlaydi.
- Kollagen parchalanishi natijasida ajinlar, tanada dog‘lar, tana qurishi kuzatilishi mumkin.
- 80% teri tez qarishi quyosh nurlari ta‘sirida yuzaga keladi
- Kollagen parchalangandan keyin uni qayta tiklaydigan vosita hali o‘ylab topilmagan. Kosmetolog pulingizni oladi holos.
- Amerika Teri Raki Instituti tanani quyoshda qorayishi aslida “moda” emas, balki teri shikaslanganini bildiradi deb hisoblaydi. (“Tanning” muxlislari, sizlar uchun bu.)
Bundanda ko‘p qiziqarli faktlarni mana bu yerda topishingiz mumkin va quyidagilarni ham hisobga oling.
1. Amerika Dermotologiya Akademiyasi (ADA) yana bir narsani takidlaydi. Ko‘pchiligimiz “Meni terim boshqacha, menga ta‘sir qilmaydi, menda sezuvhalik past” kabi isbotlanmagan, o‘zimizni yupatuvchi gaplarni aytib yuramiz. ADA ning takidlashicha quyosh sizni teringizni rangi, sezuvchanligi va boshqa faktorlar bilan qiziqmaydi. Siz bilan “iye uzr, sizni teringiz boshqacha ekan, uzr oyim-qiz” deb hisoblashib o‘tirmay, teringizga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta‘sir qiladi.
2. Ronda Deyning izlanishlariga ko‘ra yuqoridagi gaplar bulutli kunlar uchun ham birdek ta‘aluqli. Ya‘ni havoning darajasini nisbatan pastligi yoki bulutli bo‘lishi, sizga himoya bo‘la olmaydi.
Milliy madaniyatimizga bolta urgan sho‘ro iste‘losi sha‘niga allaqachonlar la‘nat o‘qib bo‘lingan. Qanchadan qancha milliylikni ilgari surgan Cho‘lpon, Usmon Nosir, Abdulla Qodiriydek otalarimizni qo‘ydek bo‘g‘ozlagan sovet davri doimo mustaqil O‘zbekistonimiz tarixida qora davr bo‘lib qolaveradi! Sovetlar boshlab bergan jarayonni iltimos siz jadallashtirmang!
Endi esa ma‘naviyatimizni tiklash jarayoni ketayotgan bir paytda siz o‘zinigizni “moda“ngiz bilan bizni yo‘limizga to‘g‘anoq bo‘lmang. Zero hozirda bunday ochiq kiyinayotgan yoshlarga va ularning ota-onalariga la‘nat o‘qilishi oddiy xol. Bir taksiga chiqing, gaplarimni isbotini ko‘rasiz. Chorraxadan kesib o‘tayotgan “mini-yubkalik“lar to‘dasiga mansublarni ko‘rgan taksi haydovchisi, ularning ota-onalari sha‘niga “chiroyli” so‘zlar aytadi. To‘g‘rida, boshqa kimga aytsin. Huddi bir zombilardek nimani ko‘rsa o‘shani qilayotgan paytida ularga “Hoy qizim, bu nimasi?” deyish o‘rniga be‘etibor bo‘lgan ota-onaga, bu ham kam. Bizning jamiyat yevropaga o’xshab, “Sen menga tegma, men senga tegmayman” shiori bilan yashamaydi. Bizda, “Bir bolaga yeti mahalla ota-ona” degan gap bor.
“Yuksak Ma‘naviyat — Yengilmas Kuch” kitobida shunchaki balandparvoz gaplar aytilmagan. O‘qib chiqing. Cinema Marketdan 7,000 so‘mga audio versiyasini sotib oldim. Ajoyib so‘zlar aytilgan va Fikrbankni yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan omillardan biri bo‘lib qoldi.
Opalar va singillardan iltimos, bahor keldi deb, ochiq kiyinib jamiyatimizga va o‘z sog‘lig‘ingizga zarar yetkazmang. Yuqoridagilarni yaxshilab o’ylab ko’ring.
Akalar va ukalardan, ota-onalardan iltimos, bu borada sabrli bo‘lib, ertangi jamiyatimiz onalariga, qizlarimizga bu narsaning salbiy oqibatlarini tushuntiraylik. Zero shu bilan O‘zbekiston ravnaqiga hissa qo‘shsak.