Fikrbank

Nega Muhrim Ikki Xil Gapiradi?

Chop etildi Muallif: Xurshidbek (Fikrbank) Kun: 21-Fev, 2012 Bo`lim: Munosabat |

  • Email
  • Email

Muhrim ikki xil gapiradi. Muhrim bir kishiga “inter­netga kirma!”, deydi. Boshqasiga, u inter­net­dan chiqib ket­mo­qchi bo‘lganida: “Balki o‘ylab ko‘rarsan?”, deydi. Muhrim shu­naqa — ikki xil gapiradi.Muhrim nega ikki xil gapi­radi? Bunda “inter­net” dey­il­ganda nima nazarda tuti­lay­ot­ganini hisobga olish kerak. Bir kishi kir­mo­qchi bo‘lgan “inter­net” — Odnok­lass­niki. Boshqasi chiq­mo­qchi bo‘lgan “inter­net” — Feysbuk.

Muhrim nega “Odnoklassniki’ga kirma!”, deydi. Muhrim yashir­maydi — Muhrim Odnoklassniki’ni yomon ko‘radi.“Boshqalarn­ing Odnoklassniki’siga kuniga 500talab SMS kelib, unikiga esa bir oyda ham bitta ham SMS kel­ma­gani” uchun emas. Muhrim rus tilidagi, rus­larn­ing qo‘li bilan tayy­or­lan­gan deyarli bar­cha inter­net xiz­mat­lar­ini yomon ko‘radi (bir istisno — Yandeks’ni rus­lar qil­ganiga ishon­gisi kel­maydi). Muhrim Mail.ru’ni ham, uning Agen­tini ham yomon ko‘radi.

Muhrim nega Odnok­lass­niki yoki boshqa ruscha inter­net xiz­mat­larni yomon ko‘radi? Muhrim ular­dan foyda yo‘q deb hisoblaydi. Odnok­lass­niki yoki boshqa ruscha inter­net xiz­mat­lar odamlarni Amerika yoki boshqa G‘arb mam­lakat­lar­ida ish­lab chiqar­il­gan xiz­mat­lar­dan ko‘ra tezroq va sama­r­aliroq ahmoq qiladi, deb hisoblaydi. Kechi­ra­sizu, Muhrim Odnoklassniki’ni “inter­netdagi “Qator­tol” deb hisoblaydi. Muhrim Odnoklassniki’ni uyat­si­z­lik va odob­si­z­lik maskani deb biladi. Muhrim Odnok­lass­niki orqali do‘stlari yangi aforizm­larni o‘rganganliklarini, ba’zi do‘stlarining “ismi” “Don Kar­leone”, boshqasiniki esa “Crazy cool nimadir”, uch­in­chisiniki esa “Ne znakom­lyus” ekan­lig­ini, va yana boshqa bir qator “hay­otiy muhim” ma’lumotlarni bil­ishi mumkin, ammo bun­dan ortiq nimadir bila olishiga ko‘p ham ishonmaydi.

Lirik chekin­ish:

2011-yilda 4,5 oyi davo­m­ida “Muloqot.Uz” ijti­moiy tarmog‘ida ish­ladim. Bu vaqt oralig‘ida biz Toshkentda o‘tkazilgan ICT Expo-2011 ko‘rgazmasida ishtirok etdik. Ko‘rgazma mehmon­lari “Muloqot.Uz” sten­dida ijti­moiy tar­mo­qqa a’zo bo‘lishlari mumkin edi. Men o‘sha ko‘rgazma vaqtida Odnoklassniki’ga email­siz ham a’zo bo‘lish mumkin­lig­ini bildim. “Muloqot.Uz”da ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lgan ko‘plab mak­tab, litsey-kollej o‘quvchilari, hatto, institut-universtitet tal­a­balar­ida email yo‘q edi, ularn­ing aksariy­ati: “Odnoklassniki’da email­siz ham reg­is­trat­siya qilsa bo‘ladi-ku, sizlar ham shu­naqa qilib qo‘ysanglar bo‘larkan”, degan gaplarni gapirish­gandi… Qiziq tomoni, “Muloqot.Uz” reg­is­trat­siya vaqtida foy­dalanu­vchi­dan mobil tele­fon raqamini so‘ragani uchun ko‘plab gik­lar tomonidan keskin tan­qid qilin­gandi, vaholanki, emaili yo‘q minglab o‘zbekistonliklar shu vaqt­gacha Odnoklassniki’ga o‘z tele­fon raqam­lar­ini ishonib top­shirib kelay­ot­gani haqida hech kim gapir­masdi… Email­siz, to‘g‘risi, inter­netdagi xiz­mat­lar­dan to‘liq foy­dalanib bo‘lmaydi, bugun; inter­net­dan to‘la foyda chiqarib bo‘lmaydi. Odnok­lass­niki esa inter­netda email­siz ham yashasa bo‘ladi deb, odamlarni ahmo­qlashtir­mo­qda. Menimcha.

Shun­ing uchun ham Muhrim ikki xil gapiradi.

Chunki — bir kishi ham, boshqasi ham — Muhrimn­ing yaqinlari.