Fikrbank

Jimjitlikni Qidirib: Sukunatning 5 Daqiqasi

..Bunchalar ham shovqinli bu dunyo! Agar bir xonada yolg‘iz o‘tirib, 15 daqiqagina o‘zimizda bor ne’matlar haqida o‘ylasak, juda ham ko‘p muammolarimiz osonlashgan bo‘lar edi...Sukunatda har kuni 5 yoki 15 daqiqa Allohga shukr qilib o‘tirishni o‘...

Jimjitlikni Qidirib: Sukunatning 5 Daqiqasi

Bun­chalar ham shovqinli bu dunyo! Agar bir xon­ada yolg‘iz o‘tirib, 15 daqiqag­ina o‘zimizda bor ne’matlar haqida o‘ylasak, juda ham ko‘p muam­mo­larimiz oson­lash­gan bo‘lar edi.

Suku­natda har kuni 5 yoki 15 daqiqa Allo­hga shukr qilib o‘tirishni o‘rgana olsak, bizn­ing yangi texnik­aga, turli xil ijti­moiy tar­mo­qlarda vaqt sarflashga, yangi rasm­lar va sta­tus­lar bilan boshqalarn­ing diqqa­tini jalb qil­ishga, yangi kiyim olishga, turli xil ker­ak­siz xara­jat­lar qil­ishga va shunga o‘xshash narsalarga ehtiy­o­jimiz qol­mas edi. Orqamiz­dan shiv­ir­lay­ot­gan turli xil “pul top, ko‘p pul top”, “hay­otga bir marta kelasan, o‘ynab-kulib ol” kabi ovo­zlar o‘rnini sokin­lik, jim­lik egal­lar edi. Qan­day ajoyib bu jimlik!

Sizda nimaiki bo‘lsa, siz u bilan qanoat­lana­siz. Shukr qila­siz. Bu juda ko‘p muam­mo­larni hal qiladi. Ko‘pchiligimizda esa ayni shu narsa yetish­maydi. Biroz bo‘lsa-da, jim­likda o‘tirishga ko‘nikmaganmiz. Albatta nimadir qil­ishga majbur­dek, goh qayta-qayta bizga kel­gan (e-mail) xabar­larni tek­shi­ramiz, goh yangi­lik­larni olish uchun tin­im­siz brauzer­im­izni yangi­lab (“refresh” qilib) turamiz, tele­fon­i­mizni chuqulashni bosh­laymiz, nimadir qilamiz.

Kun­da­lik hay­otimizda doimo shovqin­lar bilan o‘ralganmiz. Taksi, avto­bus yoki o‘z shaxsiy mashinamizda doimo musiqa yoki radio xiz­matda, sar­taroshx­on­ada, ishx­ona, oshx­ona, kafe­larda odamlar shovqini, musiqa shovqini. Ham­masi­dan holi bo‘lganimizda esa seking­ina qulog‘imizga tele­fon yoki mp3-pleyer qulo­q­lik­lar­ini tiqib olamiz.

Bor­gan sari kamyob modda sin­gari yo‘qolib borar ekan, sokin­likni qadrlamog‘imiz lozim.

Jim­likda, suku­natda tafakkur qil­ishni o‘rganish avvaliga qiy­in­roq tuyul­ishi mumkin. Bun­ing uchun mashq darkor. Erta­lab tur­ganingizda, choy tayyor bo‘lgunga qadar, asta-sekin bu odatni shak­l­lan­tirishni bosh­lashin­giz mumkin. Dast­labki daqiqalarda qiyin kechishi mumkin. O‘zingizni majburlang va siz asta-sekin o‘z xay­ol­laringizni eshi­tishni o‘rganasiz, o‘z xohish­laringizni obyek­tiv baho­lashni bosh­lay­siz. Quyidagi savol­larni o‘zingizga berib ko‘rishingiz mumkin.

  • Bugun shu ishni qil­ish­dan maqsadim nima?
  • Nima uchun bu narsani xohlayab­man, uning oqi­bat­lari qanday?
  • Men asl­ida nima qil­mo­qchi­man va bun­dan qan­day foyda olaman?

Bu savol­larga javob top­guningiz­gacha 5–10 daqiqa o‘tadi. Ichki dun­y­oin­gizni baho­lashni bosh­lay­siz. Qarab­sizki, sekin-sekin bunga odatlanasiz.

Azi­zlar, sokin­lik, suku­nat va tinch­likni qadriga yetib, atrofimizdagi ega­lik qilay­ot­gan narsalarimiz bilan qanoat­lanay­lik. Hay­otimiz osoy­ishta bo‘ladi.

Boshqalar ham bil­ishi kerak!