Barcha Real va Barselona Muxlislariga! Asablarni asraylik.
Barcha Real va Barselona Muxlislariga! Asablarni asraylik.
Fakt: Messi yoki Ronaldo, sizga $1 berib, “Raxmat qori aka, ancha ruxlantirdiz oxirgi o‘yinda, sizdan roziman” deb aytmagan. Buninng ehtimolligi ham yuqori emas, tan olaylik.
Fakt: Yo‘qotilgan asab tolalari tiklanmasligi fanda isbotlangan. Lekin hali ham ko‘pchiligimiz bir birimizning dilimizni ayni shu futbol deb og‘ritib yuribmiz, asablarimizni yo‘qotyapmiz.
Bundan 12–14 yil muqaddan men ham futbol desa o‘zini tomdan tashlaydiganlar qatorida peshqadam edim. Uyimizda “O‘zbekiston Futboli” va “Futbol Express“ning haftalik nashrlari qoldirmay yig‘ilardi. Kerak bo‘lsa o‘zimizning bilimdonligimizni isbotlash maqsadida, qayerdagi Fransiya ikkinchi divizyoni klubi o‘yinchilarini ham yodlab yurardik. Futbol — bu hayotimning ajralmas qismi edi. Tan olish kerak, futbol ozmi ko‘pmi kishining dunyo qarashi shakillanishiga, uning kengayishiga yordam beradi. Ammo bugun futbolning foyda yoki zarari haqida gapirmoqchi emasman. Bugungi mavzuimiz futbol atrofida aylansada, uning mohiyati sal chuqurroq.
Barselona va Real. “El Classico” nomini olgan bu futbol jangi shubhasiz ko‘pchilikni e‘tiborini tortgan. Futbolga mukkasidan ketganlarni bir chetga qo‘yib turib gapiradigan bo‘lsak, bu ikki jamoa o‘ynaganda futbolga uncha qiziqmagan kishi ham ikki tarafdan birini tanlashga “majburdek” bo‘lib qoladi ba‘zan. Yoki tabiiy ravishda o‘ziga ikki jamoadan birini tanlaydi. Choyxonada yoki biror yerda do‘stlar bilan yig‘ilishib futbol ko‘radigan bo‘lsangiz, siz Milan muxlisi bo‘lsangiz ham, bu ikki jamoa o‘ynaganda birini tanlashingiz kerakdek… Ko’chada yoshlarning ularga bo’lgan “muhabbat“larini ko’rib yoqa ushlaysiz.
Yaqin do‘stim Bahtiyor menga “Fikrbankda keyingi mavzu shu bo‘lishi kerak, atrofdagi kelishmovchiliklarni qarang.” deganda, mavzuning dolzarbligi haqida o‘ylay boshladim.
Axir bu bir futbol bo‘lsa, nima uchun u sababli bir o‘zbek boshqa bir o‘zbekni xaqoratlashi kerak? Quyidagilar Oddnoklassniki.Ru saytidan olingan ba‘zi bir statuslar:
Erkin Ochilbayev — “REAL ***inga ***amiz bugun! OLGA BARSA” Nodir ZOLOTOY — “HAMMA BARSA FANATLARI **T” Azizbek7777 Alegarh — “messini ****ga berish kerey”
Bundan battarlari ham bor. Bu statuslardan keyin ergashib keladigan boshqa izoxlar (kommentlar) undan ham ayanchli. Yana bir yaqin do‘stlarimdan biri, NTT muxbiri Habib Po‘latov bir necha oy oldin do‘sti ayni shu sabab kasalxonaga tushib qolganini aytdi. Aytishiga qaraganda, kubok uchrashuvidan keyin Real muxlisi bo‘lgan do‘stlarining gaplarini ko‘tara olmagan, va Barsa muxlisi shu xolatga kelgan. Endi keling ba‘zi faktlar bilan tanishamiz.
Fakt: Krishtiano Ronalduning yillik daromadi 22.9 million funt sterlingni tashkil etadi. Buning uchun undan futboldan tashqari Castrol, Nike va Armani maxsulotlarini targ‘iboti uchun arzimagan vaqtini sarflashi talab qilinadi.
Fakt: Lionel Messi, uning yillik daromadi esa 19.3 million funt sterlingdir. Buning uchun u Konami, Adidas va birqator boshqa firmalarning reklama “yurish“larida ishtrok etadi.
Fakt: Biz, cho‘ntagimiz kengligi o‘zimizga ma‘lum, (agar ishlasak) oyiga o‘rtacha $50 dan $500 gacha pul topishimiz mumkin. Daromadimizni oshirish uchun biz hech qanday pul topish yo‘llari haqida o‘ylamaymiz. Yuqoridagilar shaxsiyatini himoya qilish uchun, o‘zimizning bir birodarimiz sha‘nini yerga urishga tayyormiz.
Bas shunday ekan, xulosa o‘rnida shuni aytmoqchimanki, inson hayotda o‘zi uchun muhim bo‘lgan narsalarni to‘g‘ri ajrata bilmog‘i lozim. Yo‘qotib turgan energiyamiz foydali narsalarga sarf bo‘lmog‘ini kuzatmog‘imiz darkor. Biz uchun hech qachon qayg‘urmaydigan qandaydir bir futbolchini yoki futbol jamoasini deb yaqinlarimizni dilini og‘ritmaylik. Ze‘ro, birodarlik rishtalarini mustahkam saqlamoq farovon hayotning ko‘p omillaridan biridir.
- Aloqador so`zlar
- barcha barsa muxlislariga
- barcha real muxlislariga
- futbol
- messi
- muhlis
- muxlis
- odil ahmedov uzbek
- Ronaldo
- stadion