Fikrbank

FikrBank » Demedrol yoki Prezentatsia? Slaydlar bilan lol qoldirish sirlari (Slaydlarni ko’ring)

..Tog\'risi, Toshkent Arxitektura va Qurilish Institutida o\'qishimni qayta tiklaganimdan beri katta o\'qituvchi Yusufxo\'jayevning "Qurilish Konstruksialari" va Usmon akaning "Bino va Inshootlar Qurilishi" fanidan boshqa ma\'noli, qiziqarli darsda o\'ti...

Demedrol yoki Prezentatsia? Slaydlar bilan lol qoldirish sirlari (Slaydlarni ko’ring)

Tog’risi, Toshkent Arxitektura va Qurilish Institutida o’qishimni qayta tiklaganimdan beri katta o’qituvchi Yusufxo’jayevning “Qurilish Konstruksialari” va Usmon akaning “Bino va Inshootlar Qurilishi” fanidan boshqa ma’noli, qiziqarli darsda o’tirmadim.

Men hozir oliy o’quv yurtlaridagi holat haqida to’xtalmoqchi emasman. Bu haqida yana gaplashamiz. Hozir esa diqqatingizni odatda shu oliygoh, litsey yoki maktab sinfxonalarida va ba’zi bir idoralarda bo’lib o’tadigan prezentatsia jarayonlariga qaratamoqchiman. Xudoga shukur, deyarli barcha oliygoh va maktablarda prezentatsia qilish imkoni mavjud.

Bundan 4-5 yil oldin domlalar “referat qilib kelasan” deb tayinlagan bo’lsalar (hozirda ham ancha mashxur usul), hozir ko’pchilik o’qituvchilarning og’izlarida “prezentatsiasiz senga baho chiqmaydi” degan gaplar paydo bo’ldi. Lekin prezentatsia jarayonlari shu darajaga yetib bordiki, ularning saviyasi pasayib, oxir oqibat eski referat matnlari slaydlarga ko’cha boshladi. Natijada talabalar prezentatsia bo’ladigan bo’lsa, “endi mazza qilib uxlaymizakan” degan hayolga boradigan bo’lishdi. PowerPoint bu odamlarga uyqu bag’ishlaydigan kompyuter dasturiga aylandi.

Prezentatsia jarayoni qiziqarli bo’lishi lozim. Bu sizga boshqalar oldida o’z fikringizni ifodalash va unga o’zgalarni qiziqtirish imkoniyatini beradi. Prezentatsia bu – siz fikringiz so’zma so’z tushirilgan slaydlarni katta ekranda ko’rsatish emas, balki fikrlaringizni quvvatlash uchun tasviriy ifodalar to’plamidir.

Quyida 10 soatlik umrim sarflangan mehnat mahsulini ko’rishingiz mumkin. Agar bu hozirgi sinfxonalardagi holatni biroz yaxshilasa, o’zimni oldimga qo’ygan maqsadimga erishdim deb bilaman.

[PDF shaklda ko'chirib olish] ~ 2.7 MB

  • Aloqador so`zlar
  • alvido
  • demedrol
  • o'quv yurtlari
  • Power Point
  • PowerPoint
  • prezentatsia
  • prezentatsiya
  • zerikarli

Siz ham bir nima deng