FikrBank

Charlz Shults Falsafasidan Parcha

Falsafa va hikmat · FikrBank

Chin do`st ko`zdagi birinchi yoshni ko`radi, ikkinchisini tutib qoladi, uchinchisini to`xtatadi. – Anjelik

Charlz Shults Falsafasidan Parcha

Charlz Shultsni tanimaganlar uchun eslatma: bu kishi “Snoopy” nomli kuchukcha va boshqa multfilm qahramonlarini chizgan, 2000-yili 77 yoshida vafot topgan. Quyidagilar Charlz Shults falsafasidan bir parcha. Savollarga javob berishingiz shart emas, shunchaki o‘qib chiqsangiz kifoya, maqola so‘ngida xulosani chiqarasiz.

1. Dunyodagi eng boy 5 odamni sanab bera olasizmi? 2. Voleybol bo‘yicha so‘ngi 3ta olimpiada chempionlari kimlar edi? 3. So‘ngi 5 ta “Jahon go‘zali” (Miss World) unvonini olgan ayollarni sanab o‘ting. 4. So‘ngi 10ta Nobel yoki Pullitser sovrindorlarini sanab bering. 5. 6ta Oskarni qo‘lga kiritgan aktyor va aktrisalar kimlar edi?

Gap shundaki, hech birimiz kechagi ro‘znoma va internet sahifalarini to‘ldirib yuborgan sarlavhalarni eslay olmaymiz. Vaholanki, yuqoridagilar qandaydir ikkinchi darajali unvonlarga ega bo‘lishmagan edi. Ular o‘z sohalarida birinchi bo‘lgandilar. Mukofotlar ham huddi suv bug‘langanidek osmonga uchib ketadi. Erishilgan yutuqlar parchalanib, asta sekin unut bo‘ladi. Qarsaklar ovozi so‘nadi.

Pastda yana bir so‘rovnoma, qanday javob berar ekansiz.

1. Sizga maktab hayotingizda esda qolarli ta‘lim bergan o‘qituvchilaringizdan 2–3 tasini sanab o‘ting. 2. Qiyinchiliklarda yordam qo‘lini cho‘zgan 3 ta do‘stingizni eslang. 3. Sizga nimadir o‘rgatgan 3 kishini eslay olasizmi? Xunar, harf, foydali bir narsa. 4. Sizga doimo kulib qaraydigan 2 kishini sanab o‘ting. 5. Vaqtni birga o‘tkazishdan mamnun bo‘ladigan 5 ta yaqinlaringizni sanab o‘ting.

Hulosa: Hayotingizda muhim odamlar bular puldor, amaldor yoki mashxur odamlar emas. Hayotingizda muhim odamlar siz uchun qayg‘uradiganlardir.

Boshqalar ham bilishi kerak!

15 ta Fikr Bildirilgan

Davomini o‘qish

Hayot va Mamot MasalasiBarchasining TomiriSaviya: Kulaylikmi yoki…