Saviya: Kulaylikmi yoki…
Saviya: Kulaylikmi yoki…
Mashinada ketayotib, radio tinglab ketishga to’g’ri keldi. Qaysidir kanaldan “intellektual o’yin” bo’layotgan ekan. Boshlovchi:
- Hurmatli tinglovchilar, intellektual o’yinimizda berilgan savollarga javob bergan tinglovchi yaqinlariga salom va tabriklarini yo’llash imkoniga ega bo’ladi. Shoshiling. Telefon raqamlarimiz 8181. Tezda qo’ng’iroq bo’ldi. Tanishuvdan so’ng boshlovchi savolini berdi:
- Norvegiyaning poytaxti qayer? – Variantlar bormi? – Variantlar yo’q. Yordam: 4 harfdan iborat. – Eron. – Axir Eron alohida respublika-ku, keyingi ishtirokchining qo’ng’irog’ini qabul qilamiz. 2-ishtirokchiga ham shu savol berildi. Uning javobi: – Shotlandiya Xunob bo’lgan boshlovchi 3-ishtirokchini ulab, unga ham savolning javobi 4 harfdan iboratligini tushuntirdi. Kollej o’quvchisi bo’lgan ishtirokchining javobi hammasidan o’tib tushdi: – Rim
Mahalliy telekanallardan birida intellektual o’yin bo’lyapti. Boshlovchi “Humoyunnoma” asarining muallifi kim? deb savol berdi. To’g’ri javoblar bo’lavermadi. Shunda boshlovchi “yordam”larni bera boshladi:
- Humoyun buyuk vatandoshimiz, g’azal mulkining sultoni, bir qancha g’azal, hikoyalar muallifi Boburmirzoning o’g’li bo’ladi. Aftidan, g’azal mulkiniung sultoni Bobur emas, Alisher Navoiy ekanligini, o’zbek adabiyotiga hikoya janri, 20-asrning boshlaridagina kirib kelganini anglamagan boshlovchi “Humoyunnoma” muallifi Gulbadanbegim haqida ham ma’lumotga ega emas ekan. Shuning uchun ham bog’dan-tog’dan kelayotgan ekan…