FikrBank

25-mayda Narsa — Sizni Xursand Qiladi

Jamiyat · FikrBank
  • 25 Mayda Narsa – Sizni Xursand Qiladi | FikrBank - Fikrlar Banki :: O`zbekcha Intellekt Alyo-alyo

25 Mayda Narsa — Sizni Xursand Qiladi

Ba‘zan hayotda shunday narsalar borki, biz ularga unchalik e‘tibor bermaymiz, lekin ular bizni bir lahzaga bo‘lsa-da xursand qiladi.

1. Biror yerga bormoqchi bo‘lib yo‘lni narigi tomoniga o‘tishingiz bilan bir daqiqa o‘tmasdan kutayotgan avtobus yoki marshrutkangiz kelsa;

2. Internet sahifasida berilgan formani birinchi urunishdayoq to‘ldirsangiz (to‘ldirish majburiy joylarini qoldirib ketmasdan);

4. Yangi yuvilgan choyshab (prostina-pododyalnik)da yotsangiz;

5. Birdaniga bir narsa xarid qilmoqchi bo‘ldingiz. Shu payt cho‘ntagingizda roppa-rosa shu narsaga yetadigan pul qolgan bo‘lsa;

6. Oyoqni ko‘rpa orasidan chiqarasiz va birdaniga oyog‘ingiz “nafas olishni” boshlaydi va siz yengil tortganingizda;

7. Tuxum po‘stlog‘ini bir urunishda osongina ajratib olganingizda;

8. Uyqudan so‘ng o‘sha mazza qilib 1-marta cho‘zilish.

9. Kichkina bolalar va go‘daklarni kuldirsangiz;

10. Qorin ochqab turganda o‘z uyingizdan shirin ovqatning hidi kelib tursa (qo‘shnining uyidan emas:-));

11. Havo sovuqroq bo‘lganda issiq ko‘rpada o‘ranib yotgan bo‘lsangiz;

12. Uyg‘onib ketib soatga qaraganingizda, turish vaqtingizga (yoki budilnik jiringlashiga) yana 2–3 soat borligini bilgan paytingiz;

13. Kichkina past-balandliklardan mashinada o‘tganingizda ichingiz “shu-uv” qilsa;

14. Dam olish kuni oldidan ishdan chiqayotganda;

15. Borgingiz kelmayotgan uchrashuv birdaniga bekor qilinsa;

16. Kutmagan cho‘ntagingizdan pul topib olganingizda;

17. Siz yoqtirgan qo‘shiqni radioda “ushlab” olganingizda.

18. Ko‘chadan charchab kelib, divanga tap etib tashlaganizda;

19. Uyqudan chanqab turganingizda, yoningizda suv bo‘lsa;

21. Uzoq yurishlardan so‘ng poyabzal va paypog‘ingizni yechganingizda;

22. Sadaqa berganingizda yoki ehson qilganingizda;

23. Uydagi marosimdan keyin muzlatgichni ochganingizda va yegani hamma narsa borligini

24. Imtihonda kutgan bahoingizni olganingizda;

25. Charchab metroga chiqqaningizda o‘tirgani joy topgan paytingiz.

Davomini o‘qish

Fikrbank Nega Jim Bo‘p Qoldi?Balandparvoz Shukurov yohud Idris Shoh MaslahatiKoreyaga Kelin Bo‘lganlar