Korxona majlislarini samarali boshqarish usulidan biri – tangalar!

Sizga manzur bo'lgan bo'lsa, do'stlaringizga ham ulashing!

Graphic Recording & Graphic Facilitation Company in Brooklyn, New ...

Odatda majlis desa ko’pchilik vaqtni bekorga sarflashni tushunib qolgan. Majlisbozlik deyiladi. Lekin bunday “meeting” majlislarni samarali qilishni usuli bor. Asmald Biznes klubda o’tirganimizda, Ayubxon aka (Evroprint, EuroMed va boshqa loyihalar asoschisi) qiziq uslubni o’rganganlarini aytib qoldilar. Qizil kartochkalar bilan. Keyin ozroq izlanib Richard Templarni “Rules of Management” kitobida ham shu qoidaga ko’zim tushdi.
Qisqasi ideya bunday. Har bir majlis qatnashchisiga 5 donadan tanga beriladi. O’z fikrini bayon qilish uchun stol ustiga shu tangalaridan birini olib qo’yadi. Tangasi tugasa gapira olmaydi. Buni bir qancha qiziq tomonlari bor – birinchidan, inson aytayotgan gapini o’ylab gapiradi, behuda gaplat bo’lmaydi. Ikkinchidan, majlis o’rtasida fikrni bo’g’ish bo’lmaydi va hamma muhokama majlis son’gida 15-20 daqiqada muhokama qilinadi. Qiziq, tajribada o’tkazib ko’ramiz.

Siz nima deb o'ylaysiz? Nimadir deng.
Sizga manzur bo'lgan bo'lsa, do'stlaringizga ham ulashing!