8 Soniyalik 8 Hikoya
Jahon adabiyotida nisbatan yangi yo’nalishlardan biri bu flesh-fikshndir (flash-fiction). Gapni ko’p cho’zmasdan, quyida sizlarga 8ta eng qisqa hikoyalarni taqdim etmoqchiman.
1. Qalbda kuchli og‘riq bilan u darvoza oldida marmarga yozilgan birgina so‘z – “yashaydi” o‘rniga “yashagan” deb yozib qo‘ydi.
***
2. Tanish ovoz “boshqa joyga tushdingiz” deb telefonidagi qizil tugmani bosdi.
***
3. Eng kichik tobutlar – eng og‘ir tobutlar.
***
4. Dunyodagi birinchi aql va sezuvchanlikka ega sentiel robot: “Iltimos, meni o‘chirib qo‘ying.”
***
5. Bugun onamga yana o‘zimni tanishtirdim.
***
6. Pachaq bo‘lib, oynasi mayda parchalangan mashina orqa oynasidagi yozuvni amallab o‘qidim: “Men endi otaman!”. Mashinani g‘ildiragi hali ham aylanib turibdi, uni bezagan sharlar osmonga uchib ketmoqda.
***
7. Bugun yaxshi ko‘rgan qizimni ko‘rdim. Uning to‘yida.
***
8. Bolalar oyoq kiyimi sotiladi. Kiyilmagan.
***
https://t.me/fikrbank – bu bizning telegram kanalimiz.