8 Soniyalik 8 Hikoya

Sizga manzur bo'lgan bo'lsa, do'stlaringizga ham ulashing!

Jahon adabiyotida nisbatan yangi yo’nalishlardan biri bu flesh-fikshndir (flash-fiction). Gapni ko’p cho’zmasdan, quyida sizlarga 8ta eng qisqa hikoyalarni taqdim etmoqchiman.

1. Qalbda kuchli og‘riq bilan u darvoza oldida marmarga yozilgan birgina so‘z – “yashaydi” o‘rniga “yashagan” deb yozib qo‘ydi.

***

2. Tanish ovoz “boshqa joyga tushdingiz” deb telefonidagi qizil tugmani bosdi.

***

3. Eng kichik tobutlar – eng og‘ir tobutlar.

***

4. Dunyodagi birinchi aql va sezuvchanlikka ega sentiel robot: “Iltimos, meni o‘chirib qo‘ying.”

***

5. Bugun onamga yana o‘zimni tanishtirdim.

***

6. Pachaq bo‘lib, oynasi mayda parchalangan mashina orqa oynasidagi yozuvni amallab o‘qidim: “Men endi otaman!”. Mashinani g‘ildiragi hali ham aylanib turibdi, uni bezagan sharlar osmonga uchib ketmoqda.

***

7. Bugun yaxshi ko‘rgan qizimni ko‘rdim. Uning to‘yida.

***

8. Bolalar oyoq kiyimi sotiladi. Kiyilmagan.

***

https://t.me/fikrbank – bu bizning telegram kanalimiz.

Siz nima deb o'ylaysiz? Nimadir deng.
Sizga manzur bo'lgan bo'lsa, do'stlaringizga ham ulashing!