96 So’zli Hikoya

Sizga manzur bo'lgan bo'lsa, do'stlaringizga ham ulashing!

25 yoshli bola poyezd oynasidan boshini chiqarib baqirdi:

– Dada, qarang! Daraxtlar orqaga qarab ketyapti!

Otasi kulib qo‘ydi. Ular bilan birga ketayotgan er-xotin ham yigitga achinish nazari bilan qarashdi. Shu payt yigit yana baqirdi:

– Dada, qarang! Bulutlar biz bilan birga ketyapti!

Er-xotin bu aqli past yigitning qiliqlariga chiday olishmadi va uning otasiga o‘g‘lini shifokorga olib borish kerakligini aytishdi. Ota quyidagicha javob qildi:

– Olib bordim. Hozir shifoxonadan kelyapmiz. O‘g‘lim bugun ko‘rishni boshladi. Alloh unga ko‘rish ne’matini bugun nasib qildi.

Xulosa: Har bir kishining o‘z hikoyasi bor. Kishilarning hikoyalarini tinglamasdan turib ular haqida hukm chiqarishga shoshilmang.

Siz nima deb o'ylaysiz? Nimadir deng.
Sizga manzur bo'lgan bo'lsa, do'stlaringizga ham ulashing!