Yashirinib Yotgan Qobilyat

Sizga manzur bo'lgan bo'lsa, do'stlaringizga ham ulashing!

Xitoylik fermerlardan biri toqqa safarga chiqdi. Qoya oralab borar ekan, tashlab ketilgan burgut ini qarshisidan chiqdi. Qarasa, inda tuxum turibdi. Ushlab ko’rsa issiq. Avaylab fermasiga olib ketdi. Fermaga borgandan so’ng, bostirmoqchi bo‘lgan tuxumlar orasiga burgut tuxumini ham qo’shib qo’ydi. Oz muddat o’tgach, tuxum yorib chiqdi. Kichkina burgut polaponi (eaglet) boshqa jo’jalarga qo’shilib katta bo’la boshladi. Ertalab katakdan chiqib ketadi, kuni bo’yi pastga qarab don qidirib yuradi, shom bo’lganda uyga qaytadi. Hayotining ko’p qismini shu tarzda o’tkazib yubordi. Qaribdi. Kunlarning birida qandaydir qushning ovozi uning e’tiborini tortdi. Yuqoriga qarasa, tepada burgut viqor bilan bir-bir qanot qoqib, aylanyapti. Shunda yerdagi burgut “Qani edi men ham burgut bo’lganimda edi…” – deb xo’rsinib, don terishda davom etibdi.

Oramizdagi o’zining burgutligini, Yaratganning unga in`om etgan buyuk qobiliyatlari mavjudligini anglab yetmagan, yashirinib yotgan buyuk burgutlarga bag’ishlandi ushbu maqola. Qarib, tolmasimizdan burgutligimizni anglab yetaylik. Xulosa o‘zingizga havola.

Eski Arxivdan olindi.

Tarjima. Xurshid Maroziqov.

2015-yil.

Siz nima deb o'ylaysiz? Nimadir deng.
Sizga manzur bo'lgan bo'lsa, do'stlaringizga ham ulashing!