Savol Bering: “Menga qachon uylanasiz?

Sizga manzur bo'lgan bo'lsa, do'stlaringizga ham ulashing!

Agar siz qiz bola bo’lsangiz, yig­itin­giz­dan qachon sizga uylan­ishini so’rang. (Bu borada hech narsadan qo’rqmang. Agar muhab­bati haqiqiy bo’lmasa, siz bilan ko’ngil xush­lik uchun yur­gan bo’lsa, bu savoldan keyin qaytib qorasini ko’rmaysiz.)

Sevish­gan­lar kuni” haqida eshi­tishim bilan bir voqea yodimga tushav­eradi. Do’stim bilan birga metroda ketar ekan­miz, diqqa­timizni bir “juft­lik” tor­taverdi. Yoshi chamasi 17–19 lar orasidagi yigit va qiz bir-biri bilan og’iz burun o’pishib, ro’paramizda hir­in­glashib ketar edi. Eng achi­narlisi, atrofdag­i­lar bunga parvo ham qil­mas edi. Axir o’zbekchilik qay­erga ketdi? Shu o’yni o’ylab tugat­masim­dan, yon­imdagi do’stim shart o’rnidan turdi va ro’parasida o’tirganlarga qarab bir qadam tash­la­dida “San bu qizga uylanasanmi?” deb, yig­itni so’roqqa tutdi. Bun­day qaltis harakat va kutil­ma­gan savoldan dovdirab qol­gan yigit og’iz ochol­may turar edi. Bechora yigit, “ha” desa, keyin gapiga javob berishi kerak, “yo’q” desa, yonidagi­dan ayril­ishi tabiiy edi. Shu payt do’stim yig­itga qarab “O’zingni ham, bu qizni ham vaq­tini beko­rga ketkazma” dedi. Atrofdag­i­lar ham huddi yig­it­dek qotib qol­ish­gan edi. Keyin biz tushadi­gan bekatga keldik. Bu masalaga yana quyida qaytamiz.

Homi­lador­likol­dini olu­vchi vosi­ta­lar ish­lab chiqar­ish bilan shug’ullanuvchi Dureks (Durex) kom­paniyasi bergan ma’lumotlarga qara­ganda, korx­ona max­su­lot­lari sav­dosi 14-fevral kuni 20–30% ga oshadi.
“Vash­ing­ton Post” (Wash­ing­ton Post) nashrin­ing web sahi­fasida 30-yanvar kuni chop etil­gan maqola diqqa­timni tortdi. Mual­lif Eliza­vetta Flok (Eliz­a­beth Flock) “Avliyo Valentin kuni O’zbekistonda bekor qilindi” nomli maqo­lasini chop etdi. Biz haqimizda (maqo­ladan ko’rinib turib­diki) boshlang’ich ma’lumotga ham ega bo’lmagan Eliza­vetta honim, buyuk ajdodimiz Bobur haqida ikki og’iz gapirib, o’zbeklarga o’ta past baho beradi. So’ngra, mual­lif boshqa mam­lakat­larn­ing turli harakat­lar­ini o’zicha baho­lashga o’tib ketadi. (Odatiy amerika­lik­larga xos harakat­lar, ajabla­narli joyi yo’q.)

Xris­tian­lar avliyo hisoblay­di­gan Valentin kuni tar­ixi haqida, uning qan­day kelib chiqishi haqida juda ham ko’p gapir­il­gan. Uning tar­ixi, u haqida ba’zi ajoyib qarash­lar «mana bu yerda» batafsil yozil­gan. Shu sababli, biz unga to’xtalib o’tirmaymiz. Davla­timiz yuri­tay­ot­gan bu boradagi oqilona siyosatni qo’llab quvat­laymiz va rax­mat aytamiz. (Kuni kecha “O’zbekiston” metro bekati yaqinidagi afishaga ko’zim tushdi — Ray­hon kon­serti 19 fevralda bo’lib o’tar ekan.)

Biz bugun ba’zi masla­hat­lar bilan cheklanamiz xolos. Tog’ri, muhab­bat — oliy tuyg’u. Ammo biz chin muhab­bat nima ekan­lig­ini tushu­nib oldikmi? Uylan­gan yigit sifatida, “muhab­bat” dard­iga mub­talo bo’lgan uylan­ma­gan yig­it­larga quyidagi 3 savolni o’zlaridan so’rashlarini tavsiya qil­a­man.

1-Savol. (A) Avvalam­bor, shu qizga uylana­manmi?
— Agar uylan­ish niy­atin­giz bo’lmasa yoki bunga ko’zingiz yet­masa, masalaga hoziroq nuqta qo’yish kerak. Beko­rga qizn­ing qo’ynini puch yong’oqqa to’ldirishdan avval, uning o’rniga o’z opa yoki singlizni qo’yib, masalani yaxshi­lab o’ylab ko’rishingizni tavsiya qilamiz.

1-Savol. (B) Menga qachon uylana­siz? Qachon sovchi yub­o­ra­siz?
— Agar siz qiz bola bo’lsangiz, yig­itin­giz­dan qachon sizga uylan­ishini so’rang. (Bu borada hech nimadan qo’rqmang. Agar muhab­bati haqiqiy bo’lmasa, siz bilan ko’ngil xush­lik uchun yur­gan bo’lsa, qaytib qorasini ko’rmaysiz.)

2-Savol. Qiz yoki yigit menga maqul, lekin ota-onamchi?
— Menim­cha, hech bir ota-ona farzandiga yomon­lik til­a­masa kerak. Yigit va qiz o’ylab ko’rishi kerak bo’lgan masalardan biri bu — ikki oiladagi muhit­ning mutanosi­b­ligidir, ya’ni bir hilligi. Agar sizn­ing ota-onangiz bilan nargi tarafdag­i­larn­ing hay­otga qarash­lari tub­dan farq qilsa, masalaga hoziroq nuqta qo’ying. Key­in­cha­lik ham oilada halo­vat bo’lmaydi.

Jahonda erkak­lar 14-fevral kuni ayol­larga nis­batan ikki baro­bar ko’p pul ish­latishadi. (Erkak­lar o’rtacha hisobda $156 va ayol­lar $85 sovg’alar uchun sarflashadi. 2007 yil ma’lumotiga ko’ra)

3-Savol. Ham­masi yaxshiga o’xshaydi, endi nima qilay?
— Agar qiz sizga (“ilmiy izlan­ish­laringiz” va surushtiru­vlaringiz­dan so’ng) maqul bo’lsa va ota-onangizga ham yoqishiga ko’zingiz yetsa, masala hal. Sovchi jo’nating. Ko’chada likil­lab yur­ish­dan foyda yo’q. Kimdir ko’rib qolsa o’zingizni obro’izga zarar va yana cho’ntak degan­dek…
Agar siz tegishli xulosani chiqarib olgan bo’lsangiz yana Valentin kuniga qay­tamiz. Quyidagi qiz­iqarli fakr­lar kishini sal bo’lsada fikr­lashga chor­laydi. Bu bayra­mn­ing oqi­bat­lari nimalarga olib kel­ishini ko’z oldimizga keltirish qiyin emas.

Jahonga mashxur otkritka ish­lab chiqaru­vchi Hol­mark (Hall­mark) qaramog’ida 80 kishi­lik ilmiy guruh doimo avvalgi yildagi 14-fevraldagi otkritkalar sav­dosini tahlil qilib o’tirishadi.

Har yili dun­y­oda 6 yosh­dan 10 yosh­gacha bo’lgan bolalar 14-fevral kuni 650 mil­lion sovg’alar ulashishadi.

Mana shu­naqa gaplar…

 

2012-yil. Fikrbank arxividan.

Siz nima deb o'ylaysiz? Nimadir deng.
Sizga manzur bo'lgan bo'lsa, do'stlaringizga ham ulashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *