Charlz Shultz Falsafasidan Parcha

C
Sizga manzur bo'lgan bo'lsa, do'stlaringizga ham ulashing!
 Charlz Shult­sni tan­ima­gan­lar uchun eslatma: bu kishi “Snoopy” nomli kuchukcha va boshqa mult­film qahra­mon­lar­ini chiz­gan, 2000-yili 77 yoshida vafot top­gan. Quyidag­i­lar Charlz Shults fal­safasi­dan bir par­cha. Savol­larga javob berishin­giz shart emas, shun­chaki o‘qib chiqsan­giz kifoya, maqola so‘ngida xulosani chiqarasiz.

Savol­lar:

  • 1. Dun­y­o­dagi eng boy 5 odamni sanab bera olasizmi?
  • 2. Voley­bol bo‘yicha so‘ngi 3ta olimpiada chempi­onlari kim­lar edi?
  • 3. So‘ngi 5 ta “Jahon go‘zali” (Miss World) unvonini olgan ayol­larni sanab o‘ting.
  • 4. So‘ngi 10ta Nobel yoki Pul­litser sovrindor­lar­ini sanab bering.
  • 5. 6ta Oskarni qo‘lga kir­it­gan aktyor va aktrisalar kim­lar edi?

 

Qalay javob berdingiz?

Gap shun­daki, hech bir­imiz kechagi ro‘znoma va inter­net sahi­falar­ini to‘ldirib yubor­gan sarlavhalarni eslay olmaymiz. Vaholanki, yuqoridag­i­lar qan­day­dir ikkinchi dara­jali unvon­larga ega bo‘lishmagan edi. Ular o‘z sohalar­ida bir­inchi bo‘lgandilar. Muko­fot­lar ham huddi suv bug‘langanidek osmonga uchib ketadi. Erishil­gan yutuqlar par­cha­lanib, asta sekin unut bo‘ladi. Qarsak­lar ovozi so‘nadi.

Pastda yana bir so‘rovnoma, qan­day javob berar ekansiz.

  • 1. Sizga mak­tab hay­otin­gizda esda qolarli ta‘lim bergan o‘qituvchilaringizdan 2–3 tasini sanab o‘ting.
  • 2. Qiy­in­chi­lik­larda yor­dam qo‘lini cho‘zgan 3 ta do‘stingizni eslang.
  • 3. Sizga nimadir o‘rgatgan 3 kishini eslay ola­sizmi? Xunar, harf, foy­dali bir narsa.
  • 4. Sizga doimo kulib qaray­di­gan 2 kishini sanab o‘ting.
  • 5. Vaqtni birga o‘tkazishdan mam­nun bo‘ladigan 5 ta yaqin­laringizni sanab o‘ting.

 

Oson­roq, shun­day emasmi?

Hulosa: Hay­otin­gizda muhim odamlar bular pul­dor, amal­dor yoki mashxur odamlar emas. Hay­otin­gizda muhim odamlar siz uchun qayg‘uradiganlardir.

Siz nima deb o'ylaysiz? Nimadir deng.
Sizga manzur bo'lgan bo'lsa, do'stlaringizga ham ulashing!

Fikr bildirish

Fikrbank Facebookda

Oxirgi Maqolalar

Bo’limlar