Badavlat Er Qidirayotgan Qizlarga

Sizga manzur bo'lgan bo'lsa, do'stlaringizga ham ulashing!

 

Bu yerda ichimdag­i­larni yashir­mas­dan, bar­chasini oshkor yozmoqchiman.

Yoshim 25da. Men juda ham chi­royli, kel­ish­gan, zamon va moda bilan ham­nafas qiz­man. Boy bir kishiga tur­mushga chiq­mo­qchi­man, oyligi yiliga 500 ming dol­lar­dan kam bo‘lmasligi kerak. Siz meni juda ham och ko‘z qiz ekan dey­ishga shoshilmang, chunki Nyu-Yorkda yiliga 1 mil­lion dol­lar topadi­gan kishi o‘rta sinf vak­ili hisoblanadi. Meni tal­ablarim juda yuqori emas, ayni shu forumda kimdir chiqar, yiliga 500 ming dol­lar ish­lab topadi­gan?! Yoki hamma uylanib bo‘lganmi? 

Men sizlar­dan so‘ramoqchiman. Ayt­inglar, badavlat kishiga tur­mushga chiqish uchun nima qilay? Shu payt­gacha yur­gan yig­it­larim­dan eng boyvochchasi yiliga 250 ming dol­lar topar edi. Bu Nyu-Yorkdagi men xohla­gan yerda yashash uchun yetarli mablag‘ emas. Shun­ing uchun, ruxsatin­giz bilan, quyidagi savol­larni bersam:

1) Badavlat kishi­lar qay­er­larda ko‘proq yur­ishadi? Klub, restoran, diskoteka, bar nom­lar­ini yozishin­gizni so‘rayman.

2) Qaysi qat­lamni tan­lashim zarur? Masalan, yoshroq yig­it­larmi yoki yoshi kattaroqlarmi?

3) Ko‘p ko‘rganman, badavlat kishi­larn­ing ayol­lari juda chi­royli ham bo‘lishmaydi. O‘rtacha ko‘rinishga ega bo‘lishadi. Ular buni qan­day uddalashadi?

4) Badavlat kishi­lar, ayt­inglar, sizlarga xotin­likka ko‘proq qan­day qizlar kerak va qaysi qizlar faqat ko‘ngilxushlik uchun kerak? Mening maqsadim tur­mushga chiqish.

Hur­mat bilan,
Go‘zal Hurliqo.

JP Mor­gan” banki rah­bari­dan fay­la­su­fona javob.

Azizim Go‘zal Hurliqo,

Sizn­ing xatin­gizni zo‘r qiz­iqish bilan o‘qib chiqdim. Fikrim­cha, juda ko‘pchilik qizlar shu kabi savol­lar bilan xay­ol­lar­ini band qilib yur­ishadi. Ilti­mos, bergan savol­laringizdagi holatni pro­fes­sional investor sifatida tahlil qil­ishga ruxsat bersangiz. 

Men­ning yil­lik daro­madim 500 ming dol­lar­dan ziyod va bu bilan sizn­ing tal­abin­gizga javob bera­man. Qolaversa bu — bu yerda beko­rga vaqt sarfla­may­ot­gan­imni bildiradi, ya’ni, sizni pul jihat­dan qoniqtira olaman. Biz­nes­men, ya’ni, ish­bi­lar­mon kishi sifatida, sizga uylan­ish yomon qaror hisoblanadi. Javob juda oddiy, xatimni o‘qishda davom eting.

Dan­gal qilib ayt­ganda, siz “chiroy“ni “pul“ga ayri bosh qil­mo­qchi­siz, barter qil­mo­qchi­siz. Gulchapchap chi­royini beradi, Qul­ma­mat uning uchun pul to‘laydi, sodda va lo‘nda, bir qarashda adolatli. Lekin, bu yerda yaxshig­ina muammo mavjud. Sizn­ing chi­royin­giz yil sayin so‘nib boradi, ammo pul esa, yaxshig­ina sabab bo‘lmasa, o‘zidan o‘zi yo‘qolib ket­maydi. Gap shun­daki, yig­it­ning top­ishi yil­dan yilga yaxshi­lan­ishi mumkin, ammo sizn­ing chi­royin­giz yil­dan yilga yaxshilanmaydi.

Shu sababli iqt­sod­chi nuq­tai nazari­dan, boy­likni hisobga olganda men yil­dan yilga bahosi oshib bor­a­di­gan mulk­man, siz esa aksin­cha. Siz chi­royni hisobga olganda, yil­dan yilga bahosi yuqori suratda pasayadi­gan mulk­siz. Va bu siz maq­tanadi­gan yag­ona xususiyat bo‘lsa, sizn­ing bahoin­giz 10 yilda umu­man qolmaydi. Biz Uol Stritda ish­latadi­gan atama bilan ayt­ganda, siz bilan uchrashib yur­ishgina biz uchun “qulay vaziyat”. Agar savdo bahosi tushib ketsa, siz o‘ylagan tur­mush bilan ham xuddi shun­day bo‘ladi. Xafa bo‘lmasangiz, sod­daroq tushunti­ra­man. Bahosi tez pasayadi­gan narsalar odatda sotib olin­maydi, balki ijaraga oli­nadi. Shu sabab, sizni “ijaraga” olishimiz mumkin.

Demak, kimni 500 ming dol­lar puli bo‘lsa, u ahmoq odam emas; siz bilan faqat uchrashib yur­ishimiz mumkin xolos, lekin hech qachon uylan­maymiz. Sizga bun­day maqsad­larni unutishin­gizni masla­hat bergan bo‘lardim. Uning o‘rniga yaxshi his­lat ort­tirib yoki o‘zingiz tad­birko­r­likka qo‘l urib 500 ming dol­lar­dan ko‘proq daro­mad ish­lashin­giz mumkin.

O‘ylaymanki, yoz­gan­larim sizga yor­dam beradi.

Imzo,

JP Mor­gan” rahbari.

 

2012 yil. Fikrbank Arxividan. (Tarjima)

Siz nima deb o'ylaysiz? Nimadir deng.
Sizga manzur bo'lgan bo'lsa, do'stlaringizga ham ulashing!