O’YLASH UCHUN 6 QALPOQ — FIKRLASH DOIRANGIZNI OSHIRING! SAMARALI MULOHAZA QILING!

O
Sizga manzur bo'lgan bo'lsa, do'stlaringizga ham ulashing!

Kem­bridj, Oks­ford, Gar­vard uni­ver­sitet­lar­in­ing faxriy medali bilan taqdirlan­gan De Bono asli Mal­ta­lik dok­tor, ixtirochi va masla­hatchi. Uning 6 Qalpoq muhokama usulini nafaqat mashxur shah­slar balki dun­y­o­dagi katta kor­po­rat­sia (IBM, Apple, Google, v.h.k.) ish boshqaru­vchi­lari o’z majlis­lar­ida sama­rador­likni oshirish uchun qo’llaydilar. Uning shu mavzuda yoz­gan “Six Think­ing Hats” (“O’ylash uchun 6 qalpoq”) kitobi Jahonda eng ko’p sotil­gan kito­blar ro’yxatida turadi.

Kitobda asosan nafaqat yolg’iz, balki ko’pchilik — jamoa bo’lib qan­day fikr yuri­tishga keng urg’u beri­ladi. “Brain­storm” uchun ajoyib qo’llanma.

Kitobning menga yoqgan tarafi – parallel fikrlashni juda oson tushintiradi.
Kitobni bir­inchi marta 2009 yili, Pits­burgdagi kitob do’konidan sotib olgandim. Kitob Xalqaro Best­seller hisoblanadi (Eng ko’p sotil­gan kitob). Afsuski hozirgu kunda kitobni o’zbek tilidagi tar­ji­masi yo’q. Shu sabab­dan qisqacha kitob bilan tanishtiraman. Unda asosan 6 ta ran­gli qalpo­qlar qan­day qilib par­al­lel fikr yuri­tishni tush­in­tirishda foydalaniladi.

1-Qalpoq: “Oq Qalpoq” — Ma’lumot to’plash

Avval muhokama oldidan “oq qalpoq” (shlyapa deymiz keyingi joy­larda, “qalpoq” desa shu nomli ko’rsatuv esimga kelyapti) kiyib oli­nadi. Oq shlya­pada o’ylayotgan kishi, hech qan­day ehtiroslarga beril­ishi mumkin emas. Bu bosqichda mavzu haqida faqat fak­t­lar, raqam­lar, mate­ri­al­lar to’planadi. Hech qan­day ehtiroslar­siz. Siz­dan “Bu ish to’g’rimi yoki noto’g’rimi?” degan savolga javob so’ralmaydi. Sizni bu mavzu haqidagi shaxsiy fikringiz ahamiy­at­siz. Siz­dan faqat fak­t­lar to’plash so’raladi. Siz ham boshqalar­dan huddi shu­larnig­ina talab qila ola­siz. Haqiqiy obyek­tiv bosqich.

2-Qalpoq: “Qizil Qalpoq” — Shaxsiy fikr­lar, yurak nima deydi?

Qizil shlayapa bu ehtiroslar shlaya­pasi. Uni kiy­gan kishi­lar­dan ularn­ing masala haqidagi shaxsiy fikr­lari so’raladi. Fak­t­larni bir chekk­aga surib qo’yib, asl­ida siz nima demo­qchili­giz bilan qiz­iqi­ladi. Bu qalpoq sizga boshqalarni fikr­lar­ini so’rashingizga yor­dam beradi. Qizil qalpoq ehtiroslar shlya­pasi, mavzu yoki muammo haqida yuragin­gizda borini to’kib soling.

3-Qalpoq: “Qora Qalpoq” — Ehtiy­otko­r­lar uchun

6 qalpoq sis­temasin­ing yuragi, eng ko’p ish­lati­ladi­gan qismi. Qora shlyapa yor­damida siz va jamoan­giz masala yoki mavzun­ing faqat yomon taraflar­ini muhokama qil­ishadi. Muhokama qili­nay­ot­gan mavzun­ing qan­day yomon taraflari bor, sal­biy oqi­bat­lari nima bo’lishi mumkin, yoki qan­day boshqa “minus” taraflari borligi bilan qiz­iqi­ladi. “Agar bu tavsiya asosida bor­a­di­gan bo’lsak, qan­day mashaqqat­larga duch kel­ishimiz mumkin” yoki “Qan­day qiy­in­chi­lik­lar kela­jakda bizni kut­mo­qda” kabi savol­larga javob beri­ladi. Qora qalpoq sizni bir lahzada pes­simistga aylan­ti­radi, ko’proq ish­lat­ing — ishin­giz puxta bo’ladi.

4-Qalpoq: “Sariq Qalpoq” — Hay­otga yorqin qarang!

Bunisi qora qalpo­qn­ing teskarisi. Bu qalpoq yor­damida, muhokama qili­nay­ot­gan masalani qan­day yaxshi tomon­lari borligi o’rganiladi. Ko’tarilayotgan mavzu yoki tavsiya qan­day foy­dali qir­ralarga ega ekan­ligi muhokama qili­nadi. Bu shlayapa opti­mist­lar uchundir.

5-Qalpoq: “Yashil Qalpoq” — Alter­na­tiv fikrlash

Yashil shlyapa bu muhoka­man­ing eng qiz­iqarli bosqichidir. Tavsiya eti­lay­ot­gan narsa yoki muhokama qili­nay­ot­gan yechimga alter­na­tiv vari­ant­lar (muqo­bil yechim­lar) keltir­i­ladi. Bu qalpoq yangi­likka intilu­vchi­lar uchun. Bu bosqichda yangicha tavsiyalar, keng fikr­lab ixtiro­lar qil­ish tavsiya qilinadi.

6-Qalpoq: “Moviy Qalpoq” — Qalpo­qlarn­ing otasi

Bar­chasini nazo­rat qilu­vchi qalpoq. Bu qalpoq bilan xulos­alar yasal­adi, fikr­lash­n­ing yo’nalishi o’zgaradi. Moviy qalpoq muhokama uchun 6 qalpoq metodikasini ish­latish ker­akmi yoki kerak emasmi, shuni aniqlaydi. Yoki muhokama oxirida hulosa yasaydi.

Xulosa O’rnida

Kitob juda qiz­iqarli, keltir­il­gan­lar hamir uchi­dan patr. Kitobda har bir qalpoq odatda qan­day vaziy­at­larda ish­latil­ishi haqida keng to’xtalinadi.

Kitobni Yuklab Olish (English)

2012-yil. Fikrbank arxividan.

Siz nima deb o'ylaysiz? Nimadir deng.
Sizga manzur bo'lgan bo'lsa, do'stlaringizga ham ulashing!

Fikr bildirish

Fikrbank Facebookda

Oxirgi Maqolalar

Bo’limlar