Millionerga Aqlli Javob

Sizga manzur bo'lgan bo'lsa, do'stlaringizga ham ulashing!

“Industrial Revolution”, ya`ni sanoat inqilobi davrida Amerikada sodir bo‘lgan bu voqea sizni o‘yga toldiradi. Kunlarning birida millioner o‘z zavodiga tashrif buyurdi. Qarasa ishchilar ishlashdan to‘xtagan, ishlab chiqarish mashinalarinig “taraq-turuqi” ham yo‘q edi. Sababini so‘raganda, millionerga dastgoh (ishlab chiqarish mashinasi) buzuqligini aytishdi. Millioner dastgohni tuzatish uchun yaxshi texnik usta qidira boshladi. Kuniga millionlab dollar yo‘qatayotgan edi axir! Bir necha ustalar kelib, dastgohni ishga tushira olmay qaytib ketishdi.

Nihoyat, qo‘shni shahardan bir usta topib kelishdi. Usta mashinani atrofida ko‘zdan kechirganday bo‘lib, bir marta aylandi. So‘ng charm sumkasidan atvyorka (shrup qotirgich) olib, o‘zi buralib kiradigan (саморез) mixni mashinaning chap biqiniga burab qotirdi. Ish bitdi.

Millioner:       Nech pul so‘raysan hizmating uchun?
Usta:            Sizdan 500,000$ bo‘ladi

Millionerning esi chiqib ketgudek bo‘lib, ustadan nima qilgan hizmatlari uchun bunday ko‘p haq olishini tushuntirib yozib berishini so‘radi. Axir bor yo‘g‘i bir dona mixni 45 soniyada qotirib qo‘ydi, boshqa ish qilmadi!

Usta esa qog‘ozga shunday deb yozdi:

Yo‘l kira  —————————————-   $1samorez_www_qalampir_com
Mixni qotirish ———————————   $1
Mixni qayerga qotirishni bilish ———-  $499,998

Ma`lumot uchun:

XVIII asr ikkinchi yarmidan XIX asr birinchi yarmigacha (1760-1840) jahonda “Industrial Revolution”, ya`ni sanoat inqilobi yuz berdi. Dastlab Buyuk Britaniyada boshlanib, keyinroq G‘arbiy Yevropa va Amerikaga tarqaldi. Bu davrda asosan qo‘l mehnatidan qochib, samaradorlikni oshirish va narxni pasaytirish uchun dastgohlardan foydalanishga o‘tildi.

Siz nima deb o'ylaysiz? Nimadir deng.
Sizga manzur bo'lgan bo'lsa, do'stlaringizga ham ulashing!